Skip to main content

"Omeka.net" da kechgan umrimiz

  Raqamli tarix fanidan bizga Omeka.net saytida 10 ta fayl suratlari bilan birga tartibli qilib joylash vazifa etib belgilangan edi. Biz bu mustaqil taʼlim vazifasini mamnuniyat bilan qabul qilib oldik. Mening hayolimda bunday zamonaviy sayt va platformalarni oʻzimiz uchun tatbiq etishimiz kelajagimiz uchun juda katta boʻlmasa ham yordam beradi deb oʻylagandim 🤣 🤣 🤣

. Boshida menga unchalik qiyin tuyulmadi menga uni bajarish. Lekin roʻyxatdan oʻtish va aʼzo boʻlish shu darajada qiyin ekanki. Hayotga, oʻqishga va jamiki zamonaviy platforma, saytlarga boʻlgan qiziqishim soʻnib ketdi. Shu oʻrtada ustozga bir necha marta yordam soʻrab yozganda ustoz koʻrib javob yozmadilar 🤣🤣🤣. Lekin bu bizga ustoz bergan eng katta yordam va darslari edi. Hech qachon hech kimga ishonib qolmaslik toʻgʻrisidagi.Tahminan nechi marta yangi Google hisobi yaratish uchun qilgan harakatlarimizni soni aniq esimda yoʻq. Nafaqat oʻzimni mobil telefonimdan balki kursdoshlarning ham mobil telefonidagi zahiradagi Google hisoblarini ishlatib yubordik. Har safar isimda takrorlanish, parol mos tushmasligi, tarmoqda unday Google hisobi mavjud emasligi, Google hisobini oldin ishlatilganligi kabi muammolarga duch kelar edik. Men deyarli taslim boʻlib kreditga qolish xavfini qabul qilib boʻlgan edim. Lekin menga ushbu saytga ulanishga yordam berayotgan kursdoshlarimiz taslim boʻlishmadi. Men ulardan mativatsiya olgan holda ishni davom ettirish kerak va shart degan qarorga keldim. Mening ushbu yoʻldagi birinchi maqsadim tezroq shu fandan qutulib olish edi. Lekin vazifani qoʻl uchida yolgʻon va aldamchilik aralashtirib emas. Balki mukammal oʻn ballga topshirish edi. Keyinchalik " Najot taʼlim" da dasturchilik kurslariga qatnab yurgan eng yaqin xonadoshimdan Google hisobi va parolini soʻrab turdim. Ular menga ushbu saytda bajarishim kerak boʻlgan hamma vazifalarimni bajarib olishimga yordam berib bordilar muntazam oʻz darslaridan vaqt orttirgan holda. Keyin ularni parollarini kiritganimizda bittada qoʻshilib oldik sekin sekin fayllarni yuklay boshladik. Yuklab boʻldik hudoga shukur lekin rasmlari yoʻq edi. Aslida men tanlagan mavzuga doir biror rasm topish amri mahol edi oʻn dona fayl uchun. Keyin qaraganimda Wordga fayllarini ssilkasini olib joylashim kerak ekan. Uni olib joyladik lekin saytga koʻrmayotgan edi. Keyin ssilkani shu darajada murakkab yondashgan holda koʻchirib ehtiyotkorlik bilan kapiravat qilib oʻtqazdik. Sinov uchun besh yoki oltidan ziyod kursdoshlarga ulashdik kirib koʻringchi. Kirib boʻlayabdimi deb. Kirib ketdi toʻgʻridan toʻgʻri saytga.🎉🎉🎉. Endi navbat faqat Hemisga yuklashga qolgan edi. Aksiga olib Hemis ochilmay qoldi. Oʻsha eng yaqin xonadoshim yordamida parol va login larini qaytadan yangilashga majbur boʻldik. Yangiladik va kirishga muvaffaq boʻldik. Yukladik tahminan soat tungi oʻnlarda. Meni ishim bitgan edi lekin hali boshqalarga yordam kerak edi. Ularga ham yordam berib boʻldik. Ular ham va nihoyat yuklab boʻlishdi. Mana yaqin oʻrtada ustoz shuncha mehnatim mahsuliga 8 ball qoʻyibdilar. Men koʻrib juda ham hursand boʻldim. Hammasi yaxshi boʻlib ketdi lekin oʻsha kungi boshdan kechirgan dispersiya stress panika kabi hissiyotlarni bir vaqtning oʻzida his qilganim hech esimdan chiqmaydi. Mayli har bir qiyinchilik ortidan yengillik bor degan gapga asoslanib hayot kechirayabmiz. Nasib boʻlsa hammasi yaxshi boʻladi. Mana hozir hammasi deyarli yaxshi lekin comment yozolmayabman. Faqatgina shu muammo qilmayabdi meni. Lekin ishonamanki uni ham bir yechimi va imkonini topamiz.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning