Skip to main content

Omeka.net sayti haqida

 Men omekadan roʻyxatda oʻtishda juda qiynaldim. Bir necha marta urunib koʻrsam ham  tizim meni qabul qilmay qandaydir xatolik chiqardi. Keyin nima qilishni bilmadim. Roʻyxatdan oʻtgan kursdoshlarimdan yordam soʻradim. Ular meni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ancha harakat qilishdi. Nihoyat roʻyxatdan oʻtdim Lekin  keyinroq saytga kirmoqchi boʻlganimda parol va loginni unutib qoʻydim yana saytga kirolmay qoldim. Bu meni juda asabiylashtirdi.

Ustoz vazifa bergan uni bajarishimiz kerak boʻlmasam bahomiz pasayib ketardi. Keyin  yangi email ochdim.  Lekin shunda ham roʻyxatda oʻtsam yaroqsiz email deb chiqardi. Keyin kursdoshim oźining telfonidagi emaildan foydalanib meni roʻyxatdan oʻtkazib berdi va omekadan qanday tartibda kolleksiya yaratishini, rasm joylashni, video qoʻyishni, kitob va ilmiy maqolani qanday yullashni oʻrgatdi. Soʻng kolleksiya yaratishni boshladim. Birinchi kolleksiyam temuriylar davri haqida edi. Kolleksiyada, Amir Temur, Shohrux Mirzo, Ulugʻbek, Mironshoh, Xalil sulton kabi temuriy hummdorlar va shahzodalar, shuningdek Bibixonim(Saroymulkxonim) Gavharshodbegim, Shodimulk, Toʻkalxonim kabi temuriy malikalar haqida ma'lumot bergangan. Mavzuni kengroq ochib berish uchun men tarixiy kitoblar,ilmiy  maqolalar, rasmlar va videolardan foydalandim. Ikkinchi kolleksiyamda  esa Xorazmshohlarni kengroq yoritib berishga harakat qilganman. Kolleksiyamda  Xorazm davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, gullab yashnagan davri va tarix sahnidan ketishi haqida yozganman. Davlatning tashkil topishi Anushtegin nomi bilan bogʻliq. Tarix sahnidan ketishi Chingizxon nomi bilan bogʻliq. Men bularni Xorazmshohlar davrida yashagan tarixchi Ibn Al-Asirning ''Al-komil fit-tarix" asaridan, shuningdek Xorazmshohlar davlati haqida tadqiqot olib borgan oʻzbek olimlarining , shuningdek xorijlik olimlarning  ilmiy maqolalari va kitoblaridan foydalandi. Oʻquvchilarga mavzuni yaxshiroq tushuntirish va zerikib qolmasligi uchun kolleksiyamda Rasmlar va videolardan foydalandim. Yaratgan kolleksiyam orqali  men tariximizda yirik sulolalar tarixini oz boʻlsada ochib berishga harakat qildim.

Omekadan foydalanish koʻp afzalliklarga ega boʻlsada lekin qator kamchiliklar ham yoʻq emas.Avvalo roʻyxatdan oʻtish ancha muraklab va texnik jihatdan noqulay boʻlib, yangi foydalanuvchilar uchun tushumarsiz va murakkab, masalan menda shunday boʻldi. Yuqorida aytganimdek, roʻyxatda oʻtushda juda koʻp qiyinchiliklarga duch keldim. Tizimda tez tez xatoliklar roʻy beradi. Buning natijasida esa  koʻp vaqt ketadi va oʻquvchilarni ishlashini qiyinlashtiradi. Bu menga umuman yoqmadi. Kolleksiya yaratayotganimda ham bunga guvoh boʻldim. Katta hajmli kitoblarni qabul qilmadi. Xorazmshohlar davriga oid   20 daqiqalik juda ham qiziq boʻlgan videoyimni yuklay olmadim. Sayt  video megabayti  juda katta boʻlganligi uchun uni qabul qilmadi. Men video yuklanishi 30 daqiqacha chamasi kutib turdim. Shuncha vaqt ketgani evaziga boʻlsaham baribir video yuklanmadi.  Biroz buning uchun xafa boʻldim. Bu kabi muammolar faqat menda emas boshqa kursdoshlarimda ham kuzatilgan. Shuning uchun platformada koʻpgina kamchiliklar mavjud. Shunga qaramasdan men saytdan foydalanishni oʻrgandim. Juda koʻp qiyinchiliklar va asab buzilishlariga qaramasdan baribir men uddaladim.


Rasmda Jaloliddin Manguberdi tasvirlangan.




Rasmda moʻgʻullar bilan Xorazmshohlar oʻrtasidagi urush tasvirlangan.


Oʻrta asar davriga oid miniatura



Rasmda Temuriy malika Gavharshodbegim tasvirlangan. 




Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning