Skip to main content

Omeka.net






 Omeka.net platformasi raqamli tarix fani yuzasidan oʻtilgan mavzular orasida. Kutubxona shaklidagi elektron platforma boʻlib. Unda talabalar hamda foydalanuvchilar oʻziga qiziqtirgan mavzu doirasidagi kitob, maqola, esse va boshqa narsalarni yuklashi va keng ommaga ulashishi mumkin. Bunda bizga berilgan topshiriq yuzasidan  oʻzimizni qiziqtirgan va keng omma uchun qiziq boʻlgan 10ta kitob yukladik.Asosan Omeka Classic platformasiga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchidan maxsus server yoki texnik bilimlarni talab qilmaydi. Siz shunchaki roʻyxatdan o‘tib, veb-sayt ochishingiz va raqamli toʻplamlaringizni onlaynda namoyish qilishingiz mumkin. Bu platforma quyidagilarni qilish uchun juda mos: kollektsiyalar yaratish, ob’ektlarga metadata (ma’lumot) tayinlash, matn bilan boyitilgan ko‘rgazmalar qurish, fotosuratlar xaritasini tuzish va oddiy sahifalar yaratish. Shuningdek, foydalanuvchilar sahifalar dizaynini sozlashlari va ma’lumot oqimini (feeds) baham ko‘rishlari mumkin



  Omeka.net har xil foydalanuvchilarga moʻljallangan: tadqiqotchilar, talabalar, maktab o‘qituvchilari, muzey ishchilari, kutubxonachilar va arxivchilar. Masalan, talabalar biron tarixiy mavzuda raqamli insho yozishi va manbalarni Omeka saytida jamlashi mumkin; muzeylar esa ko‘rgazmalarga joylashtira olmagan eksponatlarini onlayn ko‘rgazma shaklida taqdim etishi mumkin. 2017-yilda Omeka.net dizayni yangilandi: narxlar tushirildi, funksionallik kengaytirildi va saqlash hajmi ikki barobar oshirildi. 


     Misol uchun, “Plus” rejasi yillik $35 bo‘lib, ko‘plab yangi plaginlar va maxsus mavzularni o‘z ichiga oladi. Xulosa qilib aytganda, Omeka.net — texnik jihatdan murakkabliklarsiz, foydalanuvchilarga qulay interfeys orqali raqamli toʻplamlarni yaratish va namoyish qilish uchun ideal platformadir. Bu xususan akademiklar, arxivchilar va madaniy muassasalar uchun foydali vositadir.


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning