Assalomu alaykum. Hammaga hayrli kun😊 . Buni kuni qaysi mahali koʻrishingizni bilmaganim uchun hayrli kun deb yozdim. Hurmatili qadrdon qadrdonlarim men sizlarga postim haqida maʼlumot berib oʻtaman. Hullas bu vazifani raqamli tarixdan qilyabman. Toʻgʻrisini aytsam bu fanga umuman tushunmadim 🤭. Nomi raqamli tarix lekin tarixdan asar ham yoʻq. Bu fanda biz oʻzimizga taluqli saytlar haqida maʼlumot oldik. Baʼzilarga tushundim . Baʼzilarga yoq. Hozir yozayotgan saytimga ham deyarli tushunmadim. Chunki
bu sayt uchun qilingan maʼruzaga va seminarga ham bormaganman. Maʼruzasi kuni uhlab qolganman.🥱Chunki raqamli tarix birinchi para edi. 20 minut kechikkandim. Kiray desam nb tushgan.Bir tomondan domilani darsini boʻlgim kelmadi.(agar nb qoʻymaganda 40 minut kechiksam ham kirib borgan boʻlardim 🤐). Shu kuni sal mazzam yoq edi. Buni asorati ertasi kuni juma kuni bilindi. Grip boʻlib qolib seminarga ham bormadim. U ham birinchi para edi. Shu sababli bu saytga tushuna olmadim.Mustaqil ta'limni qanday qilganimga keladigan boʻlsam. Kursdoshimni yordamida qildim. Kechki soat 2 da menga yoq demay yordam bergani uchun kursdoshimga alohida rahmat 🤗. Men boʻlganimda toshingni ter seni problemang degan boʻlardim.( Qanchalar xudbinman). Qaysi duolarimdan soʻraganman bilmiymn. Kursdoshlarim juda ham samimiy har qanday sharoitda yordam beradi.❤️
Hullas omeka.comda amallab mavzuni yukladim. Mavzuda ancha hatto kamchiliklar bor edi. Domila past baholadi. Oraligʻim qanday chiqadi bilmiymn.
Hullas bu sayt haqida maʼlumot beradigan boʻlsam. Omeka.net — bu raqamli ko‘rgazmalar, arxivlar va ilmiy kolleksiyalarni yaratish uchun mo‘ljallangan onlayn platforma hisoblanadi. Men uchun ushbu tizimning qulay tomoni shundaki, u hech qanday dasturlash yoki murakkab texnik bilimlarni talab qilmaydi. Shunchaki ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘z kolleksiyamni yaratish, fayllar yuklash va ularni tartibga solib, ommaga taqdim etish imkoniyati mavjud.
Omeka.net yordamida men turli xil tarixiy hujjatlar, suratlar, audio-video materiallar yoki ilmiy loyihalarimni bir joyga jamlab, ularni professional ko‘rgazma shaklida taqdim qila olaman. Platforma metama’lumotlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratadi, bu esa har bir hujjatni ilmiy standartlar asosida tavsiflashga yordam beradi.Bundan tashqari, Omeka.net turli shablonlar va plaginlar orqali sayt ko‘rinishini o‘zgartirish, yangi funksiyalar qo‘shish va loyiha imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Ayniqsa, ilmiy izlanishlar, kutubxona ishi, muzeyshunoslik yoki raqamli gumanitar fanlar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun juda qulay platformadir.
Umuman olganda, Omeka.net menga o‘z ilmiy materiallarimni tartibli, zamonaviy va ommaga ochiq tarzda taqdim etish imkonini beradigan qulay raqamli vosita hisoblanadi.
http://shayboniylar.omeka.net
manashu link oraqali meni omeka netga joylagan postim koʻra olasiz.
Qadrli qadrdonim postimni oʻqib chiqqaningiz uchun rahmat 🤗. Bu saytga koʻpchilik ilmiy yondashayabdi. Menga ilmiy yondashish unchalik yoqmaydi. Shuni uchun shunchaki fikr yozdim . Yoqsa bitta layk bitta comment kutib qolaman. Etiboringiz uchun rahmat ❤️❤️❤️❤️ Joningiz omon boʻlsin. Kuningiz hayrli oʻtsin.




Ajoyib chiqibdi
ReplyDeleteZo'r chiqibdi
ReplyDeletePostingiz kuchli tanqidlarga boy bo'libdi, fanni ham, o'qituvchini ham, o'zingizni ham ayamabsiz
ReplyDeleteNb qo'ymaganda kirardim 😆
ReplyDeleteQoyileee Madina😅😁
ReplyDeleteVay mazza qilib kuldim😂😂
ReplyDeleteOʻ boricha yozibsiz, muhimi haqiqiy fikirlar. Menga yoqdi, omad.
ReplyDeleteHardoimgidek oʻzgacha post boʻlgan🔥
ReplyDeleteQoyil hammasi shaxsiy fikr
ReplyDelete