Omeka.netdagi tajribalarimda omekaga kirish hamda kolleksiya yaratishni o‘rgandim. Omeka.netga kirish qismida quyidagi muommolarni uchratdim. Asosan ro‘yxatga o‘tish jarayonida email kiritishdagi muommolar bo‘ldi. Ro‘yxatga o‘tishda "Sign Up" bo‘limiga kirib email va parol bilan yangi akkaunt ochiladi. Email tasdiqlovchi xabarga kirib akkauntni faollashtirdim.
Yangi sayt yaratish uchun "My Sites" bo‘limiga kirdim. "Create New Site" tugmasini bosib sayt nomini kiritdim. Mening mavzuyimning nomi "Dunyodagi mashhur muzeylar" edi shu bo'yicha kolleksiya yaratdim.
Kolleksiya yaratish uchun chap tarafdagi Collections bo'limiga kirib, Shundan so'ng Add a collectionga bosib quyidagilarni to'ldirdim.
Title joyiga kolleksiya nomini kiritdim yani (Dunyoning mashhur muzeylari)ni yozdim
Keyin Description joyiga qisqa izoh yozdim izohga dunyoning eng mashhur 10 ta muzeylarni nomini va tarixini yozdim.
Shundan so'ng public degan joyini belgilab "Add Collection" tugmasini bosib saqladim va Kolleksiyam tayyor bo'ldi.
Keyin bu kolleksiyamga rasmlar va malumotlarni kiritish uchun Dashboard- " Items" bo‘limiga kirib chap tomondagi "Items tugmasini bosdim. So‘ng Add an Item tugmasini bosdim Title joyiga muzey nomini yozdim Description joyiga muzey bo‘yicha to‘plagan ma‘lumotlarimni kiritdim. Rasm yuklash uchun "Files" bo‘limiga kirib rasm yukladim va Add a File tugmasini bosib saqladim. Va publicni bosib omekada kolleksiya yaratish jarayonimni tugatdim. Omeka.netda kolleksiya yaratishda juda ko‘p qiyinchilik bo‘ldi. Lekin Omeka.netning foydali jihati bundagi kolleksiyalardagi malumotlar tartibli bo‘lib turadi va o‘qishimiz uchun ham foydalidir.



Rahmat juda zoʻr malumotlar boʻlibdi
ReplyDelete