Padlet dastlab Wallwisher nomi bilan 2008 yilda yaratilgan. Bu loyiha qisqa vaqt ichida keng xalq ommasi eʼtiboriga tushdi. Dastlab bepul xizmat modelida tashkil etilgan bu platforma keyinchalik 2018-yilda bepul xizmat modelidan pullik tizimga o‘tgani uchun ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilindi. Biroq COVID-19 pandemiyasi davrida dunyo bo‘ylab masofaviy ta’lim kuchaygani sabab, Padletdan foydalanish keskin oshdi. O‘qituvchilar va talabalar onlayn hamkorlik, topshiriqlar va interaktiv darslar uchun uni keng qo‘llay boshladi.Foydalanuvchilar soni ko‘paygani sayin muammolar ham paydo bo‘ldi. 2021-yilda talaba akkauntlarida haqoratli, irqchilikka oid yoki boshqa masalalar boʻyicha materiallar paydo bo‘lishi ko‘p kuzatilgani uchun kompaniya kontentni nazorat qilish siyosatini kuchaytirdi va xavfsizlik choralarini yanada qat’iylashtirdi.2024-yil avgust oyida esa Padlet yangi “Sandbox” nomli interaktiv raqamli doskani ishga tushirdi. Bu vosita havolalar orqali yanada keng hamkorlik imkoniyatlari yaratishi bilan ajralib turadi.Padletning o‘ziga xos jihati — uning qulay, intuitiv va hamkorlikka yo‘naltirilgan interfeysidir. Shu sababli u ta’lim sohasida juda mashhur. Platformaning dars jarayonlariga qo‘shgan samarasi ko‘plab ilmiy jurnallar va xalqaro konferensiyalarda, jumladan ACM va IEEE ta’lim texnologiyalari anjumanlarida o‘rganilgan. O‘qituvchilar Padletni interaktiv darslar, guruh ishlari, loyihalar va ijodiy taqdimotlar uchun samarali vosita sifatida keng qo‘llaydilar.


Zor chiqibdi
ReplyDelete