Omeka.net – bu tarix, madaniyat, arxiv, muzey materiallari yoki har qanday raqamli kolleksiyalarni onlayn ko‘rinishda tartibli va chiroyli holda taqdim etish imkonini beruvchi platforma. Asosan olimlar, talabalar, muzey xodimlari, tadqiqotchilar va kutubxonachilar foydalanadi.Omeka.net – kod yozishni bilmagan foydalanuvchilar ham raqamli ko‘rgazmalar, tarixiy kolleksiyalar, arxiv materiallari yaratishi va internetda nashr qilishi mumkin bo‘lgan xizmatdir. U brauzer orqali ishlaydi va sayt yaratish jarayonini juda osonlashtiradi.Omeka.net ning asosiy afzalliklari.
1. Foydalanish oson. Maxsus dastur o‘rnatish yoki kodlash shart emas. Ro‘yxatdan o‘tib, loyihani boshlashning o‘zi kifoya..
2. Tarixiy manbalarni saqlashga mos. Omeka asosan quyidagilarni saqlash va tartiblash uchun qulay.
3.Har bir fayl yoki obyektga professional kutubxona standartlari bo‘yicha tavsif beriladi. Bu ilmiy ishlarda juda katta qulaylik yaratadi.
4.Materiallaringizni odatiy rasm sifatida emas, ko‘rgazma – exhibition ko‘rinishida taqdim etishingiz mumkin. Bu o‘quvchilar uchun ham, tadqiqotchilar uchun ham tushunarli bo‘ladi.
5. Tayyor shablonlar. Omeka.net sizga bir necha dizaynni beradi. Shablonni tanlaysiz va saytingiz tayyor bo‘ladi.
Omeka.net ro'yxatdan o‘tish. 1.omeka.net sayti orqali.
2.Yangi loyiha yaratish (Site).
3.Item qo‘shish – fayl, rasm, hujjat yuklash.
4.Har bir elementga Dublin Core orqali tavsif berish.
5.Agar istasangiz, Exhibit (ko‘rgazma) yaratasiz.
6.Tayyor bo‘lgan saytni Publish qilib qo‘yasiz.
Xulosa qilib aytganda menga omeka.netdan foydalanish yoqdi. Boshida kirishga sal qiynaldim lekin keyinchalik o'rganib kettim.


Paro sanga omad😁
ReplyDeleteDa sizga omad Pari🥲
ReplyDeleteGap yuq 🫠
ReplyDeleteZoooor
ReplyDeleteYaxshi
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDelete👏👏👏
ReplyDelete