Skip to main content

Afg‘oniston

Islomobod yaqin oylar ichida Tolibon rejimiga muxolif bo‘lgan asosiy afg‘on siyosiy guruhlar vakillari ishtirokida yirik konferensiya o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur konferensiyada ishtirok etish taklifini deyarli barcha muhim afg‘on siyosatchilari – hozirda muhojirlikda yashayotgan muxolifat vakillari olishgan. Biroq bu ularning barchasi Pokistonga kelishini anglatmaydi: ayrim afg‘on siyosiy arboblari Islomoboddan kelgan taklifni allaqachon rad etishgan.
Shunga qaramay, mavjud ma’lumotlar Pokiston qat’iy niyatda ekanidan dalolat beradi: u Kobuldagi Tolibon diktaturasiga qarshi qurol bilan kurashishga tayyor bo‘lgan afg‘on muxolif kuchlaridan koalitsiya shakllantirishni mo‘ljallamoqda.
Shubha yo‘qki, agar Islomobod bunday loyihani amalda ro‘yobga chiqarsa, afg‘on toliblari uchun juda katta muammolar tug‘iladi.
Birinchidan, Pokiston maxsus xizmatlari afg‘on qurolli muxolifati loyihalarini yaratish borasida katta tajribaga ega (1980-yillardagi mujohidlar, 1990-yillarning birinchi yarmida Hikmatyor Islomiy partiyasi, 1990-yillarning ikkinchi yarmi va 2000-yillarda esa Tolibon). Pokiston generallari va razvedka xodimlari bunday ishni juda yaxshi qilishadi – ular Afg‘oniston va butun mintaqada keng tarmoqli aloqalarga ega.
Ikkinchidan, Pokiston maxsus xizmatlari qurolli afg‘on muxolifati jangchilarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan o‘quv lagerlari tarmog‘ini qayta tiklashga yetarli infratuzilma va kadrlarga ega. Bu infratuzilma Tolibon davrida yaratilgan bo‘lib, endi esa ularning o‘ziga qarshi – yangi afg‘on muxolifati manfaatlari yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Uchinchidan, afg‘on toliblari yangi muxolifatni “vatanparvar emas”likda ayblay olmaydi. Axir ularning o‘zlari ham afg‘on siyosatiga va hokimiyatiga Pokiston “shinelidan” kirib kelishgan. Agar bu yo‘l toliblarga mumkin bo‘lsa, boshqalarga nega mumkin emas?
Afg‘oniston bo‘yicha ekspertlarining baholashicha, agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, pokistonliklar qisqa muddat ichida 50 ming kishilik qurollangan afg‘on muxolifati harakatini yaratishga qodir bo‘ladi.
Logistik yo‘laklar esa bu guruhlarga Tolibon Afg‘onistoniga bir necha yo‘nalishdan – janubiy viloyatlar (Qandahor), sharqiy (Nangarhor, Nuriston, Kunar), shimoliy-sharqiy (Badaxshon) orqali kirish imkonini beradi. Bunday vaziyatda toliblar bir vaqtning o‘zida bir nechta tomondan boshlangan hujumlarga qarshi turishi nihoyatda qiyin bo‘ladi. Ayniqsa, bu hujumlar kuchli orqa front logistikasi bilan ta’minlansa.
Pokiston tomonidan yangi qurolli afg‘on muxolifati loyihasining yo‘lga qo‘yilishi qisqa muddatda Afg‘onistondagi toliblar rejimini yo qulatishi, yo bo‘lmasa ularni Islomobod oldida juda jiddiy yon berishlarga majbur qilishi mumkin.
Endi tushunarli bo‘lib qolyaptiki, nega Pokiston va uning ortidan boshqa davlatlar ham Rossiya namunasi bo‘yicha Tolibon rejimini tan olishga shoshilmayapti. Chunki bu rejim yaqinda yo‘q bo‘lishi mumkin. Har holda, hozirgi ko‘rinishida saqlanib qolmasligi ehtimoldan xoli emas.
Ammo bu guruh yaratilishiga menda shubhalar bor. Sababi Pokistonning ikkiyuzlamachilikka asoslangan siyosatini Afg‘oniston sahnasiga da‘vo qilmoqchi bo‘lgan barcha o‘yinchilar allaqachon tushunib bo‘ldi. Bugun Pokistonga zarur bo‘lib qolgan ushbu loyiha shunchaki o‘zlarining foydasi uchun yozilgan ssenariy misoli. Bunga ko‘zga ko'ringan muholifat vakillarining rozilik bildirishi dargumon.


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning