Skip to main content

Prezident sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalarni e’lon qildi

 Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt (AI) sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan qator yirik tashabbuslarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQShning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, maktab, kasb va oliy ta’lim tizimlariga sun’iy intellekt fanlari bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.

Prezident ma'lum qilgan rejalariga ko'ra, O'zbekistonda sun'iy intelekt ekotizimini barpo etish bo'yicha qator yo'nalishalarda ishlar amalga oshiriladi.

Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushiriladi. AQShning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi. Barcha hududlardagi “Kelajak markazlari”da sun’iy intellekt bo‘yicha maktab o‘quv dasturi joriy qilinadi.

Maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy AI laboratoriyasi tashkil etiladi. AI bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yosh saralab olinib, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklari va Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi. 

Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga ham start berilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2030 yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi sun’iy intellekt asoslari bo‘yicha o‘qitiladi. SI fanlari maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilinadi. Har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” deb e’lon qilinadi. Doimiy ravishda “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” o‘tkazib boriladi.

Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu tashabbuslar yosh avlodni zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga ega, global raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirish, shuningdek, O‘zbekistonni mintaqa­dagi yetakchi sun’iy intellekt markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning