Skip to main content

Qurultoy podcasti haqida va afzalligi

 “Qurultoy” — mintaqamizning boy tarixi haqida ekspert darajasida va qiziqarli shaklda hikoya qilinadigan ilmiy-ommabop podkastning noyob misollaridan biri. Nodir Nishonov va Eldar Asanov studiyaga tarixchilar va tilshunoslar, musiqachilar va adabiyotshunoslar, etnograflar va faylasuflarni taklif qiladi. Studiyada ko‘tariladigan mavzular murakkab va ko‘p jihatdan og‘riqlidir, ammo oqilona modellashtirish va mehmonlarning qiziqishi tanish haqiqatlarni mutlaqo yangi tomondan ochib beradi. Kanalda joylangan 67 ta mavzu orasida bizga jadidlar, Markaziy Osiyo numizmatikasi, maqomning hududiy xususiyatlari, o‘tmish va hozirdagi suv muammolariga doir suhbatlar ayniqsa qiziqarli bo‘lib ko‘rindi.


Qurultoy Podcasti — bu O‘zbekistonda mashhur bo‘lib borayotgan, turli soha mutaxassislari, ziyolilar, tadbirkorlar va ijodkorlar ishtirok etadigan suhbat-podcast loyihasi. Unda jamiyat, tarix, iqtisod, psixologiya, madaniyat va shaxsiy rivojlanishga oid chuqur mavzular muhokama qilinadi.



Qurultoy podcasting afzalligi: Yuzaki mavzular emas, balki, shaxsiy rivojlanish, milliy oʻzlik, iqtisodiy muammolar, psixologik tahlilar, tarixi va hozirgi kun masalalari kabi katta mavzular koʻrib chiqiladi. Qurultoyga  koʻpincha taniqli mutaxasislar, ilmiy darajaga ega ekspertlar, tajribali tarbirkorlar taklif qilinadi. Bu esa suhbatni sifatli va ishonchli qiladi. Koʻp epizodlarda mehmonlar oʻz hayot yoʻli, qiyinchiliklari, muvafaqqiyat sirlari haqida gapiradi. Bu yosh tinglovchilar uchun ilhom (motivatsiya) boʻladi. Oʻzbek tilida sifatli podcastlar kam. Qurultoy esa madaniyat, tarix, ijtimoiyot boʻyicha zamonaviy va intelektual kontent beradi. Suhbatlarda koʻpincha fikrlar bahsli, tahliliy boʻladi. Bu tinglovchida mustaqil fikrlash , muammoga turlicha yondashish koʻnikmasini kuchaytiradi.

Men hozir sizlarga Qurultoy podcastidan bir lavha haqida havola qoʻyaman kirib koʻrishlariz mumkin. Mavzu “KIM ASLIDA QAHRAMON” mavzusi timsolida Shayboniyxon va Bobur. 

https://youtu.be/Je8topetVDY?si=_Ro5w_oZpD3_oW5n


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning