Skip to main content

Qurultoy podkasti

 Avvalambor Assalomu alaykum hammaga. Ushbu galgi postimni ijtimoiy tarmoqlarda hususan You tube platformasida oʻziga hos mashhurlikka erishgan Qurultoy podkasti haqida gapirishga qaror qildim. Ushbu podkast boshqa podkastlar qatori oʻz ishining ustalari va mutaxasislari bilan oʻtkazilgani kabi bunda turli xil olim va tadqiqaotchilar bilam birgalikda qiziqarli tarixiy voqealar bayonida suxbat uyushtirishadi. Ushbu You tube kanal 2023 yil 29-may kuni tashkil topkan. Markazi qozogʻistonda joylashgani yoki aynan shu kanal qozogʻistonda ochilganligi sababli kanal malumotlarida Qozogʻiston koʻrsatilgan. Kanal esa oʻz shioriga  "Moziyga qarab ish koʻrish hayirlikdir" deya Abdulla Qodiriyning gaplarini keltirib oʻtgan.



    Ushbu podkast joyi boshqalaridan farq qilgan holda ushbu dastur gʻaroyibroq usulni qoʻllagan. Ya'ni ushbu dastur syomkasi bir oʻtov ichida boʻlib oʻtadi va chaqirilgan mehmon bilan anashu joyda qiziqarli suhbat uyushtiriladi.



  Bitta joylangan vudeosida eshitdimki, u boburiylar hamda boburiylar davlati boshqaruvi haqida ekan. Unda boburning oʻzi davlatni qurgan hukmdor va mahoratli sarkarda deyiladi. Lekin aytadiki u Panipat jangidan keyin.oʻylanib qoladi davlatni qanday boshqarish kerak degan gʻoya bilan. U Kobulga kelganda ham u yerdagi tuzum va boshqaruvni unchalik oʻzgartirmadi deyiladi. Huddi Bobur qatori uning oʻgʻli Humoyun ham shunaqa deyiladi. Uning davri ham otasi kabi juda koʻp janglarda oʻtgan ammo davlat boshqaruvi va uning yangi tartibini joriy qilishda noʻnoqroq edi deyiladi. Aa bu ishni esa Akbar davrida koʻrishimiz mumkin. Biz bilamizki u juda koʻp islohotlar qilganini jumladan: davlat boshqaruvida, soliq, viloyatlar, diniy bagʻrikrnglik yuzasidan ham qilgan islohotlari taqsinga sazovor hamda bu davlat rivoji uchun juda muhimdir.




 

    Bu albatta malum bir toifa toʻgʻirrogʻi bir olim va tadqiqatchining fikri, qanchalik toʻgʻri va qanchalik notoʻgʻri. Lekin biz anashu fikrlarga koʻr koʻrona iahonib ketavermasligimiz kerakdir. Tarixchi sifatida esa bu juda muhim biz holis hamda fakt asosida ishlashimiz darkordir. Bu podkast va videolar bizga shunchaki qoʻshimcha fikr va tasavvur berishi kerak deb uylayman. Ushbu dastur toʻgʻrisi menga juda ham yoqdi. Obuna ham boʻldim😁. Kelajakda oʻzimizga oʻrganishimiz kerak boʻlgan mavzularga hamda tarix sohasiga endi qadam quyayotganlarga koʻrishni tavsiya qilaman. Sababi bu yerda shunchaki gap emas balki oʻrganilgan manba hamda tajribalardan bogʻliq ravishda gapirilmoqda malum mavzu yuzasidan. Bu esa muhim va foydalidir. Hullas bu kanalni tavsiya qilaman sogʻ omon boʻlingizlar. Rahmat🫂🫂



Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning