Skip to main content

Qurultoy-Sog'd tili va tarixiga bag'ishlangan soni

     Qurultoy podkastining sog‘d tili haqidagi sonini ko‘rib chiqdim., Unda ustoz Mirsodiq Ishoqov ishtirok etganlar.Podkast davomida ustozning uzoq yillik,yetuk so'g'dshunos bo'lganlari sababli, tarixchi bo‘lmagan odam ham, aynan shu epizodni ko‘rsa, Sog‘d degan xalq va uning tiliga qiziquvchi bo‘lib qolishi tabiiy.Mirsodiq Is'hoqov birinchi navbatda sog‘dlarni tarix kitoblaridagi qotib qolgan “savdogarlar xalq” sifatidagi stereotipdan chiqarib berdi. Ular nafaqat Buyuk Ipak yo‘lining vositachilari bo‘lgan, balki o‘z davrining eng ziyoli, eng harakatchan, eng madaniy qatlamlaridan biri bo‘lgan xalq edi. Podkast davomida tilning qanday shakllangani, qaysi hududlarda tarqalganini, uning diplomatik yozishmalar, turfa hujjatlar, diniy matnlar va hatto shaxsiy maktublardagi o‘rni haqida juda ko‘p aniq misollar keltirildi.

    Meni eng hayratlantirgan jihat — sog‘d tilining “faqat tarixiy manbalarda qoldirib ketilgan o‘lik til” emasligi. U aslida Markaziy Osiyoning butun madaniy muhiti bilan qorishib ketgan til. Podkastda keltirilgan ayrim misollar – Turfon vohasidan topilgan sog‘d savdogarining maktubi, Panjikent devoriy rasmlaridagi yozuvlar, Sug‘dda ishlatilgan diniy terminologiya – bularning barchasi tilning qanchalik serqirra bo‘lganini ko‘rsatadi. Hattoki hozirgi zamon o‘zbek leksikasida uchraydigan ba’zi so‘zlar ham sog‘d ildizlariga borib taqalishi juda qiziq.Suhbat davomida Sog‘d tilining fonetikasi va grammatik tizimi haqida ham qisqa, lekin mazmunli izohlar berildi.Ammo,buni tushunish menda biroz qiyinchilik uyg'otdi.Balki men tilshunislik sohasiga begona inson bo'lganim uchundir.

    Har nima bo'lsa ham,men podkastning ushbu sonini ko'rishni barchaga maslahat beraman.O'ylashimcha,ushbu son sizga islomdan avvalgi "qorong'u" deb bilinadigan tariximiz to'g'risida ajoyib tasavvurlar olishingizga yordam beradi!



Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning