Skip to main content

Qurultoy-Turkistonda tib madaniyati

     Qurultoy podkastining “Turkistonda tib madaniyati” soni-men ko‘rgan eng qiziqarli tarixiy epizodlardan biri bo‘ldi.Sababi shundaki,u kam o'rganilgan balki qaysidir ma'noda e'tiborsiz qoldirilgan mavzudek edi men uchun.Chunki,bizda odatda tibb tarixi haqida gap ketganda yevropacha an’analarga urg‘u beriladi, lekin bizning o‘z hududimizning o‘tmish tibbiy merosi qanchalik boy va murakkab bo‘lganini hech o'ylab ko'rmaymiz.Biladiganimiz faqat Ibn Sino,tamom.Ammo,hech kim undan keyini xalq tabobati qanday bo'lgani haqida tushunchamiz o'ta oz.Xurshid Jumanazarov esa Qurultoyda bu mavzuni atroflicha ochib bera olgan.

    Ayniqsa bir fikr meni o‘ylantirdi: bu yerda tibbiyot hech qachon faqat kasallikni davolash bilan cheklanmagan-u xalqning dunyoqarashi, hayot tarzi, taomlanish madaniyati, hatto ijtimoiy munosabatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan.Tibbiy bilimlar avloddan avlodga o‘tib, ziyoratgohlar, madrasa, kutubxonalar va markazlar orqali rivojlangan. Shifokorlarning aksariyati bir vaqtning o‘zida olim, faylasuf, mudarris bo‘lgani esa madaniyatimizdagi ilmiylikning chuqurligini yana bir bor ko‘rsatadi.Garchi ular maxsus maktablarda,ilmiy tadqiqotlar bilan o'rganilmagan bo'lsada.xalq tabobati o'z davrida Yevropada davosiz deb qaralgan bir qancha kasalliklar,mahalliy kasalliklrga samarali choralar ko'ra olishgan.

    Podkastda dorishunoslik va tabobatning amaliy jihatlari ham juda qiziqarli misollar bilan tushuntirildi.Haqiqatda,mintaqamizda tibbiyotning rivoji qaysidir ma'noda din,tasavvuf bilan bog'liq holda rivojlangan.Qolaversa,Xurshid Jumanazarov o'z tadqiqotlari orqali tabiblarning dorivor o‘simliklarning o‘rnini, ularning qaysi hududlarda o‘sishi, nimaga aynan shu sharoit sog‘liq bilan bog‘liq jihatlarni bilganini,qadimiy tabiblarning tashxis qo‘yishdagi kuzatuvchanligi va turli xastaliklarni tabiat bilan bog‘lab tushuntirganlarini aytib o'tgan.Shuningdek, o‘sha davrdagi jarrohlik amaliyotlari, issiq-sovuq terapiyalar, xattoki ruhiy holatni davolash usullari haqida eshitganimda haqiqatda ajdodlarimizning hayot masalasi qandaydir,g'ayrioddiy va ayni paytda qiziqarli-xavfli tuyuldi.

    Agar kimdir tarix va tibbiyotning kesishgan joyi bilan qiziqsa,albatta Qurultoyning ushbu sonini ko‘rishi kerak. Bir necha daqiqalik qiziqish emas-haqiqiy bilim olasiz deb o'ylayman.




Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning