Skip to main content

Raqamli tarix darsi😊

Assalomu alaykum hammaga. Man Xusanboyev Muzaffarbek moxt 2-guruh talabasiman. Biz fan o'qituvchimiz To'ychi Taylaqov domla boshchiliklarida ko'plab platforma va saytlardan qanday qilib foydalanishni 3-semestr davomida o'rgandik va hozirda ham o'rganyapmiz. Jumladan, Voyant tools, omeka.net, akademia.edu, va hozir mening ushbu postimni o'qib turgan saytingiz blogger.com.

Biz Voyant tools saytida u yerga turli shakldagi fayllarni yuklab (pdf, pptx, docx va hokazo) ularni bir necha xil uslub va ko'rinishlarda tahlil qilishni o'rgandik. Misol uchun, birorta pdf ko'rinishdagi kitobni yuklab unda qaysi so'zlar eng ko'p ishlatilganini bir necha xil ko'rinishda diagramma, ustunlar, jadvallar holatida tahlil qilinishini ko'rib chiqdik. 

Akademia edu saytida esa biz boshqa akademiklar yoki ilmiy jamoa a'zolari tayyorlagan ishlarni qidirib topishimiz va manfaatli tarzda foydalanishimiz mumkin bo'lishini ko'rdik. Shu bilan birga bu saytda o'zimiz ham ilmiy ishlar yuklashimiz va Academia edu Journals orqali tez chop ettirish va ommalashtirish imkoniga ega bo'lishimiz mumkinligi to'g'risida ham ma'lumotlarga ega bo'ldik. Hozirgi vaqtda statistik ma'lumotlarga qaraganda, saytda 55 milliondan ortiq ilmiy maqola va pdf fayllar mavjud ekan. Bu ham aynan saytning naqadar ommabop va ilm izlovchilar uchun ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.

Shuningdek, omeka.net saytida ham biz foto va videokolleksiyalar, audio va boshqa raqamli kolleksiyalar yaratishni o'rgandik. Aynan ushbu saytdan foydalanish va o'zimizning shaxsiy kolleksiyalarimizni yaratish qolgan saytlardan foydalanishdan ko'ra menimcha ko'pchilikka oson bo'lgan. Chunki, Voyant tools saytida bajargan amaliyotlarimiz kitoblar va boshqalarning tahlillari juda ko'pchilikning "sochini oqartirgani" rost. Xususan o'zimni ham ancha asablarim sinaldi ushbu saytdan foydalanish davomida. Lekin aynan mana shu qiyinchiliklar bizni o'stiradi, yanada ko'proq narsalarni o'rganishimizga va o'zimiz uchun eng qulay bo'lgan yo'lni tanlashimizda ko'maklashadi. 

Raqamli tarix fani va o'rgangan ayrim saytlarimiz haqida ozgina to'rtlik:

Raqamli tarix - bu barcha uchun yangilik,
Omekada hammamiz juda yayrab o'ynadik.
Voyant tools sayti exx bu qandayin ko'rgilik,
Shu ikkisi asabni obdon yedi o'lmadik.
Academia.eduda follow bosdik hammamiz,
Bloggerda o'zgacha postlar joylab o'g'il-qiz.
Topshiriqlar tugamas bu jonajon dargohda,
Minnatdormiz domlajon sizdan bugun hammamiz!!!

E'tiboringiz uchun tashakkur, salomat bo'linglar!!!

😊😊🤝

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning