Krishtianu Ronaldoni hayoti og‘ir sinovlar bilan to‘la bo‘lgan bo‘lsa-da, u har bir qiyinchilikdan kuchliroq bo‘lib chiqqan. U Madeira orolining kambag‘al mahallasida o‘sdi, oilasi iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda edi. Bolaligida futbolga mehr qo‘ygan bo‘lsa-da, uning oldida katta to‘siqlar turardi: moliyaviy qiyinchiliklar, sport uchun zarur sharoitlarning yo‘qligi, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar va yosh nisbatan kichik bo‘lgani uchun duch keladigan tanqidlar. U 12 yoshida oilasidan uzoqlashib, Lissabonga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi. Notanish shahar, yolg‘izlik, sog‘inch va yashash sharoitining og‘irligi uni ruhiy jihatdan qiynadi, ba’zan hatto ortga qaytishni ham o‘ylagan
Biroq shu payt uning ichidagi qat’iyat, kuchli iroda va o‘ziga bo‘lgan ishonch uni qayta tiklardi. U har kuni boshqalardan ko‘proq mashq qilar, uxlashni, hordiq chiqarishni, o‘yin-kulgini cheklab, butun vaqtini o‘zini takomillashtirishga sarflardi. Yoshligida yurak bilan bog‘liq kasallikka uchragani ham unga zarba bo‘ldi, ammo operatsiyadan so‘ng u bir kun ham yo‘qotmasdan mashg‘ulotga qaytdi va o‘zini avvalgidan ham kuchliroq tayyorlashni boshladi.
Ronaldoni dastlab maydonda juda oz o‘ynardi, ko‘plab murabbiylar uni tan olmasdi, ba’zan ortiqcha driblinglari tufayli tanqid qilishardi. Ammo u tanqidlardan tushkunlikka tushmadi, aksincha, ularni o‘sish uchun imkoniyat deb qabul qildi. Har bir kichik muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, intizom va o‘z ustida ishlash yotardi. U o‘ziga qo‘ygan talabni shunchalik yuqori darajaga olib chiqqanki, ko‘p o‘tmay maydonda ajoyib natijalar ko‘rsatib, e’tiborni torta boshladi.




Ha Messi ikalasi daxo
ReplyDeleteMen uchun baribir Cristino
DeleteRonaldo Nomer one
ReplyDelete100 foiz
DeleteGoo portlatamiz
ReplyDelete👍👍
ReplyDeleteMen Ronaldoga muxlislik qilmayman😅
ReplyDelete😆😆😆
DeleteRonaldo👍
ReplyDeleteC R 7 Legenda ham futbolda ham hayotda edial inson bunaqa futbolchilar kamdan kam tug`iladi
ReplyDelete