Bugun Yuta shtatining (AQSH) Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan mazmunli uchrashuv o'tkazib, O'zbekiston AQSH munosabatlari rivojida yangi bosqich boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to'g'risidagi qarori ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo'lishi ta'kidlandi.
Endilikda Prezident farmoni bilan Amerika O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilib, uni muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasida maslahatchi-elchi lavozimi joriy etilmoqda. Shuningdek, ushbu farmon asosida O'zbekiston rezidentlari O'zbekiston banklaridagi hisobvaraqlaridan mablag'larni AQSHda korxonalar tashkil etish, ularning kapitalida ishtirok etish yoki filiallarini mablag' bilan to'ldirish uchun erkin oʻtkazishlari mumkin bo'ladi.
Bu tadbirkorlarimizning tashqi iqtisodiy faolligini rivojlantirish, AQSH bilan investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, O'zbekistonning ochiq, zamonaviy iqtisodiyot sifatidagi yangi imijini shakllantirish yo'lidagi muhim qadamdir.
Bugun AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi o'rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan konstruktiv uchrashuv bo'lib o'tdi.
AQSH ma'muriyatining yuqori martabali vakillari O'zbekistonda keyingi 8 yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddati va jadal sur'atini qayd etdilar.
Biz mamlakatlarimiz o'rtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratdik. Jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.
Bunday uchrashuvlar tomonlarning salohiyatini yaxshiroq tushunish va ro'yobga chiqarish imkonini beradi. Zero, mamlakatimiz o'zining ochiqlik siyosati bilan ta'lim, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa ko'plab sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishda tobora ko'proq hamkorlarni jalb etmoqda.
Сегодня мы провели содержательную встречу с бизнес-делегацией штата Юта (США) во главе с Дэвидом Беднаром, в ходе которой с удовлетворением отметили начавшийся новый этап в развитии узбекско-американских отношений.
Было подчёркнуто, что решение Президента Шавката Мирзиёева о безвизовом режиме для граждан США станет важным шагом для расширения деловых и гуманитарных связей.
Указом Президента создаётся Американо-узбекский деловой и инвестиционный совет, в целях координации которого в структуре посольства Узбекистана в США учреждается должность советника-посланника. Также на основании этого Указа резиденты Узбекистана смогут свободно переводить средства со своих счетов в узбекских банках для создания предприятий, участия в их капитале или пополнения счетов своих филиалов В США.
Это важный шаг в развитии внешнеэкономической деятельности наших предпринимателей, укреплении инвестиционного сотрудничества с США и формировании нового имиджа Узбекистана как открытой, современной экономики.




Mashhura zoʼr malades🔥🔥🔥
ReplyDelete🔥🔥🔥
ReplyDeleteZo'r ajoyib
ReplyDeleteCok guzel olmus 🥰
ReplyDeleteIjodiga omad Masha yana kutib qolamiz postlarizdan🥰
ReplyDeleteHardoimgidek zoʻr post yana kutib qolamiz
ReplyDeleteOmad
ReplyDelete🔥
ReplyDeleteyaxshi supper siyosat
ReplyDelete