Skip to main content

Alan Makfarleyn

 


Alan Makfarleyn - Kembrijdagi King’s kollejining antropologiya professori, u boshqa ko‘plab tarixchilar singari sanoat inqilobining sirini tushunishga o‘nlab yillarini bag‘ishlagan. Asosiy savol esa shunday: nega bu ulkan voqea — dunyoni o‘zgartirgan sanoatning tug‘ilishi — aynan Britaniyada yuz berdi? Va nima uchun aynan XVIII-asr oxirida ro‘y berdi?Makfarleyn bu savolni puzlga (boshqotirmaga) qiyoslaydi. Uning ta’kidlashicha, sanoat inqilobi uchun zarur bo‘lgan yigirmaga yaqin omil mavjud bo‘lib, barchasi birgalikda yuzaga kelishi lozim edi. Asosiy shartlar tarix darsliklarida qayd etilgan: zavodlarni ishlatish uchun texnologiya va energiya, arzon ishchi kuchi bilan ta’minlaydigan katta shahar aholisi, tovarlarni tashishga imkon beruvchi transport, ommaviy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga tayyor o‘rta sinf, bozorga asoslangan iqtisodiyot va buni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosiy tizim. Bu omillar Angliya uchun xos bo‘lgan, biroq Yaponiya, Gollandiya va Fransiya ham bu belgilarning ko‘plariga ega edi. 

Ammo Angliyadan tashqari mamlakatlarga bu yetarli bo‘lmadi. Masalan, Gollandiyada ko‘mir resursi yetishmas edi, Xitoyda esa yuqoridagi omillarning aksariyati bo‘lsa-da, inqilob yuz bermadi. Shuning uchun ko‘pchilik tarixchilar sanoat inqilobi boshqotirmasini hal qilish uchun bitta yoki ikkita “yetishmayotgan bo‘g‘in” bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi

Makfarleynning fikricha, ana shu yetishmayotgan bo‘g‘in har bir oshxona shkafida topiladi. Ya’ni xalqning eng sevimli ichimliklari — choy va pivo. Choydagi tanin moddasi hamda pivo tayyorlashda muhim xususiyatlarga ega edi. Bundan tashqari, choy ham, spirt ham qaynatilgan suv asosida tayyorlanadi, bu esa aholi zich yashaydigan shaharlarda suv orqali yuqadigan dizenteriya kabi kasalliklarning tarqalishining oldini olgan.Tarixchilar 18-asr o‘rtalarida tushuntirish talab qiladigan bir qiziq hodisaga e’tibor qaratganlar: 1650–1740 yillar oralig‘ida aholi deyarli o‘zgarmagan, ammo keyin to‘satdan demografik portlash yuz berdi. Yigirma yil ichida chaqaloqlar o‘limi ikki baravar kamaydi. Bu qishloqlarda ham, shaharlarda ham, turli tabaqalarda kuzatildi. O‘limning kamayishi va demografik o‘sishning boshlanishiga To‘rt xil sabab ilgari surilgan. Birinchisi, virus va bakteriyalarda qandaydir o‘zgarish sodir bo‘lgandir, biroq bu ehtimoldan yiroq. Ikkinchisi, tibbiyotda yirik yutuqlar bo‘lgandir, lekin bu davrda ko‘zga ko‘rinarli biror bir tibbiy yutuqqa erishilmagan. Uchinchi ehtimol — atrof-muhit sharoitlaridagi yaxshilanishlar: masalan, qishloq xo‘jaligidagi ba’zi yangiliklar bezgakni kamaytirgan bo‘lishi mumkin, biroq bu o‘zgarishlar juda kichik edi. Tozalash va sanitariya ishlari esa 19-asrgacha keng yoyilmagan. Oxirgi sabab — ovqatlanish bo‘lishi mumkin edi, biroq statistik ma’lumotlar odamlarning bo‘yi va vazni pasayganini ko‘rsatadi. Demak, oziq-ovqat sifatida ham yutuq kuzatilmagan.

Natijada bolalar o‘limining keskin kamayishini izohlash mushkul bo‘lib qolgan. Bu demografik portlash sanoat inqilobi uchun kerakli ishchi kuchini ayni vaqtda ta’minlagandek tuyuladi.

Lekin nima sababdan? Odamlar shaharlar va qishloqlarda gavjum bo‘lib yashagan davrda, chiqindilar tufayli ko‘plab kasalliklar tarqalgan. Tarixiy manbalarda suv orqali yuqadigan kasalliklarda, ayniqsa dizenteriyada, o‘zgarishlar kuzatilgani qayd etiladi.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning