Seminar topshirish bu qo'rqinchli emas. Ammo ba'zi talabalar jumladan o'zimda ham xaligacha bu borada biroz xadik bor. O'zimdan misol qilib aytaman doimo seminarlarga chiqishni ortga surib kelaman. Bilmadim bunga sabab nima ekan?! Mani eng katta dushmanim freetimedir. Bo'sh vaqtimda odatda mobil aloqa vositasiga chalg'ib qolaman. Bu esa katta yo'qotishlarga doimo sababchi bo'lib kelgan. Rosti ba'zan shu telefonsiz qancha vatgacha chidar ekanman deb o'ylab qolaman.
Talabaning seminarlarga kam chiqishiga yoki umuman chiqmasligiga sabablardan biri bu o'ylashimcha uning ijtimoiy ahvoli. Ya'ni talaba muhitga moslasha olmagan bo'ladi va doimo stressda yuradi. Bu esa uning ilm olish jarayonlariga jiddiy to'siq bo'ladi. Masalan o'zimda ham bunday holatlar tez-tez takrorlanib turadi ya'ni seminarlarga chiqishni kechiktirish holatlari. Darslarni tayyorlash vaqtimda internetdan kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qidirib topish jarayonimda boshqa narsalarga misol uchun video o'yinlar, ijtimoiy tarmoqlarga chalg'ishim 80-85% holatlarda juda oson. Bexosdan qo'lim shu o'yinga tegib o'zidan-o'zi kirib ketib qoladi va mening darslar uchun ajratgan qimmatli vaqtlarim manga alvido deydi. Bunday holat juda ko'plab yoshlarda ayniqsa talabalarda kuzatiladi.
Manga bir tanishim aytgan edi: Hozirgi vaqtda insonning eng katta dushmani - bu uning bo'sh vaqtidir". Rost, bo'sh qolgan inson turli xil narsalarga chalg'iyveradi. Nima qilayitganini ham nimalar qilishi kerkaligini ham unitadi. Atrofidagilariga va yaqinlariga nisbatan bee'tibor bo'lib qoladi. Odamlardan, jamoyatdan ajralib qoladi. Bu esa inson uchun va uning shaxsiy rivojlanishi uchun salbiydir.
Buni oldini olish uchun nima qilish kerak, avvalo, maqsadli inson birinchi navbatda talaba bo'lar-bo'lmas narsalarga chalg'imaydi. O'z vaqtini faqat ilmga sarflaydi. Bu balkim juda zerikarli tuyulishi mumkindir, ammo bu eng to'g'ri yo'ldir. Biz ko'pchiligimiz bu yerga nima maqsadlarda kirganimizni va kelganimizni unutib qo'yganmiz. Bekorchi narsalarga vaqtimizni sarflaymiz, o'z vaqtida darslarni qilmaymiz, yana domlalarni ham orada ayblab o'tamiz:" U domla unaqa, bunisi bunaqa" deb. O'rganuvchi oqil va maqsadli bo'lsa O'rgatuvchi yomon bo'lgan taqdirda ham undan o'zi uchun nimanidir o'rganib oladi.
O'z tajribamdan bir narsani aytmoqchiman: har bir muammo - bi bir yangi imkoniyadir. Topshirilgan har bir seminar esa bu bir kichik g'alabadir!!!
Salomat bo'linglar tashakkur!!!
Eshik qoqib kelayotgan yangi yil va SESSIYALAR hammamizga xayrli kelsin🤝
Zor yozibsiz haqqatdan shunday👍👍👍
ReplyDeleteOmad Muzaffar
ReplyDelete