Skip to main content

SHARQDAN XABARLAR

📣 SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

Joriy yilning 14-noyabr kuni TDSHU Axborot resurs markazida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bahs-munozaralarga boy, g‘oyaviy chiqishlar bilan yodda qolgan ushbu bosqichda barcha institut va fakultetlar ishtiroki hakamlar hay’ati tomonidan quyidagicha baholandi:

🥇 1-o‘rin — SHXTA institutining “Ziyo” jamoasi;

🥈 2-o‘rin — AFF fakultetining “Muzaffar” jamoasi;

🥉 3-o‘rin — SHSF fakultetining “Turon” jamoasi;

🏅 4-o‘rin — TSXMI institutining “Yoshlik” jamoasi

✅G‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Ziyo” jamoasiga keyingi hududiy bosqichlarda ham ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!

🗓️Joriy yilning 7-noyabr kuni “5 tashabbus” olimpiadasining shahar bosqichi stol tennisi sport turida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Raxmatov Anvarjon Mansurovich (Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti 2-kurs talabasi) shahar bosqichida 2-o‘rinni egalladi.✅


📅 Joriy yilning 7-oktabr kuni TDSHU fakultetlari guruhlari o‘rtasida “5 tashabbus” olimpiadasi doirasida 🏓 stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.✅

👩‍🎓 Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada:

🥇 1-o‘rin – Utkhirova Dilafruz, Kompyuter lingvistika, 1-kurs talabasi

🥈 2-o‘rin – Rahmonalieva Mardona, JI va XIM, 1-kurs talabasi

🥉 3-o‘rin – Temirova Malika, Sharq xalqlari tillari va adabiyoti, 1-kurs talabasi

👨‍🎓 O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa:

🥇 1-o‘rin – Rahmatov Anvar, Tarix (MOXT), 3-kurs talabasi

🥈 2-o‘rin – Ravshanbekov Bunyod, JI va XIM talabasi

🥉 3-o‘rin – Xoshimjonov Dilshod, JI va XIM talabasi


😄Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Sharq svilizatsiyasi va falsafa fakulteti talabalari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

🔍Bu bosqichda talabalar o'z mahoratini, tezkorligini hamda jamoaviy ruhni namoyish etadi. Saralash bosqichida eng mahoratli va iqtidorli jamoalar keyingi bosqichga yo'l oladi.

 📑 O'tkazilish vaqti: 8-noyabr (shanba) kuni, soat 11:00 da;

📍 Manzil: "Paxtakor" kids stadioni

✨Barchani faol ishtirok etishga va sport ruhida harakat qilishga chorlaymiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:


🏐 12-noyabr kuni “5 tashabbus” olimpiadasining shahar bosqichi doirasida voleybol sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “SHARQSHUNOS” jamoasi faol ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyon qildi hamda faxriy o‘rinlarni egalladi! 👏

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari Turkiya Respublikasining Konya shahriga — buyuk alloma Ho‘ja Nasriddin Afandi tavallud topgan maskanga — xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun yetib bordilar.

📚 Mazkur anjuman davomida universitet vakillari o‘z ilmiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashni maqsad qilganlar.

😄Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi tashabbusi bilan, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Fakultetlararo ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamkorligida

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va Xalqaro faylasuflar kuni munosabati bilan

🎯 “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi!

🧠Professor-o‘qituvchilarni ochiq intellektual ringga taklif etamiz!

📅 Sana: 15-noyabr

🕙 Soat: 10:00

📋 Kafedra jamoalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati: 15-noyabrgacha

👥 6 nafar bilimdondan iborat jamoangizni shakllantiring va donishmandlar bahsiga qo‘shiling!

📞 Aloqa uchun:

📱 +33 747-47-46

✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning