Skip to main content

Shohsanam Tursunmatova Acadiec.edu sayti haqida 😊

 Assalomu alaykum.Hammaga hayrli kun . Men bugun sizlarga akademik.edu  sayti haqida maʼlumot berib oʻtmoqchiman. Bu sayt olimlarni birlashtirgan sayt boʻlib har xil ilmiy ishlarni refarat insho maqola va turli xil kitoblarni oʻziga yigʻgan saytdir. Bu saytga qilingan maruza ham seminar ham oʻzgacha boʻldi. Maʼruza paytida sayt haqida umumiy tushunchani hosil qilgan boʻlsak, seminar payti  amaliy qoʻllab koʻrdik. Yani domilamiz Tayloqov Toʻychi bizga vazifa berdi. Vazifani mazmuni universitetidagi 5 ta domilani akademik.edu saytidagi profiliga obuna boʻlish va 5 ta tashqaridagi fan doktorlari yoki oʻqituvchilarga obuna boʻlish, undan tashqari oʻzimizni akkauntimizga 10 ta obunachi yigʻishdandan iborat edi. Biz oxirgi vazifani qoyilmaqom bajarib tashladik😂. Ikkita guruh boʻlib oʻqiganimiz uchun bundan bizda muommo boʻlmadi. 40 ta talaba bir biriga obuna boʻlib tashladi.


Birinchi topshiriq chiroyli qilib bajardik. Ikkinchi va uchinchi topshiriqlar qoldi. Bunda biz olimlar va domilalar profilini topishimiz kerak edi. Universitetimiz domilalaridan boshladik. Hamma fan universitetdagi eng kuchli domilalarning akkauntini izlay boshladi. Koʻpchilik "Alisher Doniyorov"( Moxtlarni zitillatadigan domila . Hali darsga kirmaganku lekin keyingi yilga kirishi kutilmoqda.😅) " Anvar Shosaidov ( etnalogiya domilamiz. Yaxshi domila talabchan. Mustaqil taʼlimda rosa qiynadi). Zikkirillo Qodirov domila ( 1- kursligimizda Arxeologiyadan kirar edi bilimi kuchli ishini tartib bilan qiladigan domila. Boshqa seminarda 3 - 4 minut gapirsak bu domilani darsida 15 minutdan kam gapirmaganmiz. Armonsiz gapirasan ichingda gap qolmaydi 😅😅), Odilov Bobur domila( 1-2 kursligimizda Oʻzbekiston tarixida kiradi. Birinchi kursligimizda negadir shu domila davomat qilmasdi , daftar soʻramas edi mustaqil taʼlimni ham oson topshirar edik. Negadir bu yil domila boshqacha koʻz tekkanmi daftarni ham soʻraydi davomatni ham qattiq olyabdi. ) Moxt talablarini bir jim boʻl deyish bilan ogʻzini yopadigan Manbashunoslik  domilamiz Alimova Rahima domila( afsuski bu domilani profilini topa olmadik. Balki profillari zakritdir. Balki boshqa nom bilan kirgandir. Shunda ham bilmadim. 

       1) Moxt etnalogiyasi domilasi "Alisher Doniyorov"

2) Oʻzbekiston tarixi oʻqituvchimiz Odilov Bobur domilani profillari( obunachilari 4 ta edi birdaniga koʻtarildi😊 43 ta talaba follow bosgan)
3) Zikkirillo Qodirov " Arxeologiya domilamiz"
4) Tayloqov Toʻychi fan oʻqituvchisi yani manashu raqamli tarixdan dars beradi. Domila dars tufayli obunachilarim koʻpaydi degandi.😉
Ikkinchi shartni ham qoyilmaqom bajardik 3 esa chetdan domilalar izladik. Men chetdan obuna boʻlgan birinchi oʻqituvchim oʻzimni otam boʻldi🤗. Otam akademik edudan foydalanishini bilar edim . Otamga obuna boʻlib qoʻydim.( Qarshibiyev Tursunmat 14- maktab direktori). Ikkinchi obuna boʻlganim oʻzimnu domilam Tursunov Boʻriboy domila boʻldi. Qolgan domilalarni chetdan oldim . Turk va rus domilalarni. 

       Akademik saytida ishlash yaxshi boʻldi.Qaysidir maʼnoda dars qiziqarli oʻtdi. Domila vazifaga 40 minut bergani uchun shoshilib qolganimiz hammasidan qiziqarli boʻldi. 


     Yuklagan postim yoqqan boʻlsa kamentariya kutaman🤭🤭🤭. Etiboringiz uchun rahmat ❤️ 

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning