Koʻk gumbaz masjidi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (XVI asr)Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
„Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan. XVI asr oxirlarida Abdullaxon II (1557—1598) hukmdorligi davrida qurilgan. Masjid peshtoqida Abdullaxon II nomi va hijriy 999-yil (1590—1591) deb yozilgan. 1953-yildan boshlab „Koʻk gumbaz“ juma namozlarini oʻqish uchun jome masjid sifatida yana faoliyat koʻrsata boshladi. Koʻk gumbaz masjidining gumbazi moviy koshinlar bilan qoplangani uchun xalq orasida „Koʻk gumbaz“ nomini oldi. Masjidning koʻk qoplamali tashqi gumbazi 1898-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan va qulab tushgan. Masjid turli yillarda bir necha marta taʼmirlangan, jumladan, 1957-yil, 1971-yil, 1975-yillarda qisman va 1982-yilda toʻliq taʼmirdan chiqarildi. 1967-yilda masjid gumbazi shahrisabzlik usta Hamdam tomonidan tiklandi. 1982-yilda samarqandlik usta — naqqosh Nusratillo Asadov tomonidan gumbaz tepasiga koʻk sirli koshin bilan Qur’onning „Mulk“ surasidan oyatlar nozik did bilan yozildi va oltin rangli qubba oʻrnatildi. 1996-yilda Amir Temurping 660 yilligi nishonlanishi munosabati bilap Qarshi shahridagi boshqa tarixiy obidalar qatorida Koʻk gumbaz masjidida ham qurilish va taʼmirlash ishlari oʻtkazildi. 2005—2006-yillarda Koʻk gumbaz meʼmoriy majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va hukumat qaroriga muvofiq qayta taʼmirlandi va hozirgi koʻrinishga ega boʻldi. XX asrning 20-yillarida Eshon Porsoxon, Eshon Ahmadxon, 1930—1940-yillarda samarqandlik Nu’monxon qori, 1956—1968-yillarda qoʻqonlik Neʼmatxon Turdimatov, 1968—1974-yillarda namanganlik xoji Akmalxon Otaxonov faoliyat olib borgan boʻlsa, 1975-yildan noma‘lum muddatgacha xoji Ismoil Rayhonov va hozirgi kunda Rahmatullo Usmonov imom-xatiblik qilib kelmoqda.
Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.
Zo'r
ReplyDeleteFikrlariz uchun rahmat
ReplyDeleteYaxshi Qashqadaryo haqida bilimlarni boyitayapsz omad
ReplyDelete