Hozirgi davrda sun’iy intelekt deganda odamlar faqat bitta dastur yoki bitta tizimni tassavvur qilishmaydi. Chunki AI turlari juda ko’p har birining o’ziga yarasha kuchi imkoniyati,zaif joyi iahlatiladigan sohasi bor. Odamlar ham turlicha bo’lgani kabi sun’iy intellektlarda ham xarakter,tezlik, fikrlash usuli va ishlash darajasi boahqacha. Shu sababli ularni bir biriga solishtirish qiyinroq masala.
Birinchi navbatda, bugungi kunda eng mashhur bo’lgan kqtta til modellari-GPT,Gemini,Claude va boshqalar haqida gaplashsak.Ularning barchasi matn bilan ishlaydi,savollarga javob beradi, tahlil qiladi reja tuzadi, ijobiy matn yozadi.Lekin baribir bir xil emas.Masalan CHATGPT odatda ko’proq ijodkor, muloyim uzun va batafsil qilib gapiradi. Ayniqsa u odamlarning tiliga moslashishda kuchli desak bo’ladi.
Gemini esa ko’proq tezlikka va umumiy tushuntirishga urg’u beradi.U qisqa,ixcham, sodda va texnik mavzularni yaxshi tushuntiradi. Ba’zi joylarda faktlarni juda aniqlik bilan berishi mumkin lekin ijod taraflama sal cheklangan deyishimiz mumkin.
Claude esa biroz boshqacharoq: u mulohazali fikr yuritishga moil,nisbatan vazminroq ohangda gapiradi.Tahliliy jihati kuchli,ayniqsa huquq tarixiy tafsilotlar, murakkab matnlarni silliq tarzda qayta tuzishda anchagina puxta. Ammo ba’zida u ortiqcha ehtiyotkorlik bilan bolib ketadi,o’zi bilgan joyda ham ,,ishonchim komil emas “ deb ko’p aytadi.
Meta kompaniyasining LIama modeli esa ochiq manba bo’lgani uchun ko’plab talqinlari mavjud, bazilarida kod yozish juda kuchli ba’zilarida tezlik yaxahi lekin matnning ohangi unchalik tabiiy emas. Bu model ko’proq dasturchilar yaratgan variantga qarab turlicha bo’ladi.
Endi ularni o’zaro solishtiraylik eng katta farqlaridan biri shuki- ma’lumotlarga munosabati.Ba’zi modellar juda faktga tayanadi,ba’zilari esa mantiqiy gap bo’lsa boldi. Masalan GPT o’qigan ma’lumotlarniga tayanadi shu bois o’quvchilar yoki talabalarga mos uslubda yengil qilib yozib bera oladi. Gemini eaa ko’proq fakt va statistikalarga ilmiy tushunchalarga qisqa qilib aytib beradi .Claud esa har tomonlama har bir fikrni o’ylab ortiqcha xulosa chiqarmay aniq va londa gap bilan tugatadi.
Sun’iy intelektlar o’zaro xavfsizlik va cheklovlar masalasida ham farqlanadi.Claud eng ehtiyotkor hotto zararsiz savollarga ham ba’zida ortiqcha ehtiyot bo’lib javob beradi. Gemini ham ancha ehtiyotkor bo’lib ko’p narsalarni tekshirib so’ng javob beradi. Gemini ham ancha ehtiyotkor ko’p narsalarni o’ylab gapiradi. GPT esa xavfsizlik qoidalariga rioya qilib o’zini tentakka solib olafi va har bir savolni qayta qayta mayda detallarigavha so’rab odamni bezor qiladi. Bular sun’iy intelektlarning ahvoli eng yaxshisi hamma ishni o’ziz qilganiz yaxshiroq,agar erinchoq bo’lmasangiz!
This comment has been removed by the author.
ReplyDeleteYaxshi
ReplyDeleteO’ziz shuncha yozing oldin
ReplyDeleteYaxshi ancha mehnat qilibsz👏
ReplyDeleteZoʻr post yozibsiz Yasmina maladess👍
ReplyDeleteRahmat ancha malumot oldik😁
ReplyDeleteYaxshi malumotlar berilgan.
ReplyDelete