Suvaysh inqirozi 1956 yilda Misr, Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy-harbiy mojaro bo‘lib, uning markazida Suvaysh kanalining nazorati masalasi turardi. Misr prezidenti Gamal Abdel Nasser kanalni milliylashtirishini e’lon qilgach, sobiq mustamlakachi davlatlar bo‘lgan Britaniya va Fransiya o‘z ta’sirini yo‘qotishdan xavotirga tushdi. Asosiy sabablar orasida Nasserning mustaqil siyosati, Asvan suv ombori loyihasi uchun mablag‘ topish zarurati, G‘arb davlatlarining bosimi, shuningdek Isroil va Misr o‘rtasidagi keskinliklar bor edi.
Kanalning strategik ahamiyati
– Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi eng qisqa dengiz yo‘li bo‘lgani uchun G‘arb davlatlari bu hudud ustidan nazoratni qo‘ldan chiqarmoqchi emas edi. 1956 yil oktabr oyida Isroil Sinay yarimoroli tomoniga hujum qildi, ortidan Britaniya va Fransiya ham harbiy amaliyot boshladi. Ular rejaga ko‘ra Misrga bosim o‘tkazib, kanalni yana xalqaro kompaniyaga qaytarishni maqsad qilgan edi.Ammo mojaro kutilmaganda AQSh va Sovet Ittifoqining keskin tanqidiga uchradi, BMT aralashuvi kuchaydi va harbiylar qisqa muddat ichida to‘xtatildi. Natijada Britaniya va Fransiya qo‘shinlari chekinishga majbur bo‘ldi, Isroil ham Sinay Dann ortga qaytdi. Bu voqea Misrning siyosiy mavqeini kuchaytirdi, Nasser arab dunyosida yetakchi shaxsga aylandi. Aksincha, Britaniya va Fransiyaning xalqaro obro‘si sezilarli darajada pasaydi, bu esa ular uchun kolonial davrning tugashiga ishora bo‘ldi. Inqiroz BMTning tinchlikparvar kuchlarini yaratish jarayonida muhim tajriba bo‘lib xizmat qildi. Suvaysh inqirozi Yaqin Sharq geosiyosatida yangi bosqichni boshlab berdi va dunyo siyosatida superkuchlarning ahamiyati oshganini yaqqol namoyon qildi.


Juda zoʻr
ReplyDeleteMaslahat oʻrnida shuni aytish kerakki natijasi haqida ham batafsil maʼlumot berib oʻtish kerak edi 😊
ReplyDeleteAjoyib ma'lumotlar.
ReplyDeleteYaxshi mavzu
ReplyDelete