Il1minskiy Kazan Ruhoniy Akademiyasida tahsil olgan va keyinchalik o‘zining mashhur “Ilminskiy tizimi”ni ishlab chiqdi. U musulmon xalqlarini kuch bilan emas, balki til, ta’lim va madaniyat orqali xristianlashtirish g‘oyasini ilgari surgan.
Bu tizimda avval mahalliy xalqlarga o‘z tillarida savod o‘rgatilgan, so‘ng rus tili va pravoslav dini singdirilgan. Shu maqsadda Ilminskiy tatar, boshqird, chuvash, mordva kabi xalqlar uchun diniy kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari va Injil tarjimalarini tayyorlagan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, 1865–1900 yillar orasida taxminan 100 000 tatar rasmiy ravishda xristianlashtirilgan. Bu, Ilminskiy tizimining Rossiya imperiyasi siyosatidagi amaliy samarasini ko‘rsatadi.
Ammo bu siyosat musulmon ziyolilari orasida kuchli norozilik uyg‘otdi. Ismoil G‘aspirali, Rizaeddin Fohreddin, Husayin Fayzi kabi ma’rifatchilar bu jarayonga qarshi chiqib, xalqni o‘z dini va milliy qadriyatlariga sodiq qolishga chaqirdilar. Tatar milliy uyg‘onish davrida Ilminskiy tizimi ruslashtirish siyosatining ramzi sifatida esda qoldi. Bugungi tarixiy tadqiqotlarda esa u “ma’rifat orqali asimilatsiya” deb baholanadi.

Fikr bildiringizlar
ReplyDeleteMana buni yangilik desa bo'ladi, ajoyib ma'lumotlar👍👍
ReplyDeleteMen oʻylamagan bazi maʼlumotlar chqidi qoyil boshqa halqlarnikiga ham qiziqib koʻring
ReplyDeleteRahmat fikrlaringiz uchun
ReplyDelete