Skip to main content

Temuriylar harbiy sanʼati haqida

 Temuriylar harbiy sanʼati — jahon harbiy sanʼati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan shartli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron

intizomli armiya tuzishga, jang paytida qo'shin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq va gʻovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qoʻshindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashgʻul oʻtroq aholidan ham askar toʻplagan. Qoʻshinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib armiyaga oʻt sochar qurol — toʻp(raʼd)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va hokazo) keng yoyildi. Togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va boʻlinmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida birinchilardan boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan(yasol). Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan.Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, o'zvaqtining ilgʻor qurol va texnikasi bilan taʼminlangan, qismlar bir-biridan kiyimbosh, bayroq va tugʻlari bilan farqlangan. Bunday farklanish jangda qoʻshinni boshqarishda qoʻl kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar bilan barbod etish, raqibning yirik shaharlariga qoʻqqisdan zarba berish, qalʼa, qoʻrgʻon va hisorlarning uzoq muddat muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng koʻlamda qurshab olib, qishloq, shahar, tuman, viloyatlarni birinketin zabt etish, dushmanni batamom yakson etgungacha taʼqib qilish, taslim boʻlgan mamlakatlarni boshqarishga ishonchli kishilarni tayinlash singari amaliyotlar Amir Temur va temuriylarga koʻplab zafarlar olib kelgan. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. Razvedka aʼlo darajada yoʻlga qoʻyilgan, qismlarning janggohda yoki jangovar safda talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va choralar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida tezkorlik bilan boshqarishga alohida diqqat qaratilgan. Oʻnlikboshi, yuzboshi, mingboshi, tumanboshi va amir qoʻmondonlarini tanlash masalasiga oliy bosh qoʻmondon masʼul hisoblangan. Sohibqironning harbiy sanʼat rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri — jang vaqtida qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, oʻz navbatida, gʻanim kuchlarini yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — qunbulning joriy etilishi boʻlgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan. Shayboniyxon armiyasida bunday kiyem mavjud edi va u toʻlyuma atamasi bilan nomlangan. Qoʻshin toʻplash haqida maxsus buyruq (tunqol) elon qilingach, hukmdor tomonidan tuzilgan roʻyxatga binoan jangchilar otulovi, qurolyarogʻi, oziq-ovqati, yemxashagi bilan toʻplanish yeriga yetib kelgan. Har bir askarga bitta yoy, 30 ta oʻq, bir sadoq, bitta qalqon, bitta qoʻshimcha ot, yarim man ogʻirligida arqon, bir dona pishik, teri xalta va bitga qozon ajratilgan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir kerki, bitta oʻroq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. Oʻnbegining alohida chodiri va 5 ta qoʻshimcha oti boʻlgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qoʻshimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham taʼminlangan. Sohibqiron armiyasining turli boʻlinma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi oʻnbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan. Diviziya — tumanlarga Amir Temurning farzandlari, nabiralari va nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Yetarli miqdorda qoʻshin toʻplangach, u koʻrikdan oʻtkazilgan. Temuriylar davrida yurish yoki jangdan oldin lashkarni koʻrikdan oʻtkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniklash izchillikka aylangan. Qushinning jangovar holatini nazardan oʻtkazish imtihon qilish usuli sifatida eʼtirof etilgan ovgarta (ov uyushtirish)dan unumli foydalanilgan.

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning