Skip to main content

Toshkentda havo ifloslanishi va uning odamlar sog‘lig‘iga ta’siri

 So‘nggi yillarda Toshkentda havoning sifati sezilarli darajada yomonlashgani hammamizga ayon bo‘lib qoldi. Ertalab ko‘chaga chiqqanimda toza havodan nafas olish o‘rniga, tutun aralash havoni his qilaman. Ertalab universitetga borish uchun  markaziy ko‘chalarda yoki transport harakati kuchli bo‘lgan joylarda oʻtayotganimda  nafas olish qiyinlashganini o‘zim ham ko‘p bora sezganman. Hattoki ba’zi kunlari ko‘chaga chiqqim kelmay qoladi. Lekin majbur nb olmaslik uchun universitetga boraman. Avtomobillar sonining ko‘payishi, zavod va qurilish obyektlaridan chiqayotgan tutunlar, daraxtlarning kesilishi – bularning barchasi Toshkent havosiga bosim bo‘lib tushmoqda. Havo ifloslanishi shunchaki muammo emas, u odamlar yashash tarzini o‘zgartiradigan darajadagi xavfdir. Atrofimdagilar orasida astma, allergiya, tez charchash va bosh og‘rig‘i kabi kasalliklardan paydo boʻlishidan qoʻrqaman. Havo toza bo‘lmagani sabab, odam xohlamasa ham sog‘lig‘ini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu meni sogʻligʻimga ham ta'sir qilishi mumkinligini sezayapman


Eng achinarlisi, bu muammodan bolalar ham aziyat chekmoqda. Yosh organizm iflos havoga eng sezgir bo‘ladi. Men ba’zan bog‘chaga yoki maktabga ketayotgan kichik bolalarni ko‘rib, ularning kelajagi haqida o‘ylayman. Ular qanday havoni nafas olayotganini biladimi? Ularning sog‘lig‘iga bu qanday ta’sir qilar ekan?  Tugʻilayotgan chaqaloqlar  ham shu iflos havodan nafas oladimi? Buni taxmin qilish qiyin...

Soʻnggi yillardagi ma'lumotlarga e'tibor qaratsak:

2023-yilda, IQAir tomonidan e’lon qilingan “World Air Quality Report 2023” ga ko‘ra, Toshkent dunyodagi eng iflos poytaxtlar reytingida 22-o‘rinni egallagan.

2024-yilda esa Toshkent “dunyoning eng iflos 20 shahari” ro‘yxatida bo‘lgan — u yili o‘rtacha PM2.5 darajasi 31.4 µg/m³ bo‘lib, shahar 19-o‘rinni olgan.

2025-yil boshida esa bir kunlik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent dunyodagi “eng iflos shaharlardan” biri deb ko‘rsatilgan — ba’zi ma’lumotlarda “1-o‘rin” deb berilgan.

2025-yilda Toshkent havosi haqida chiqqan ma’lumotlarni ko‘rib, haqiqatdan ham xavotirga tushdim. Ba’zi kunlarda PM2.5 – ya’ni ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘pkaga chuqur kirib boradigan chang zarralari miqdori favqulodda darajaga chiqdi. Masalan, fevral oyida uning miqdori 200 dan oshgani qayd etilgan 2025-yil 11-noyabrda ertalab soat 09:00 da, Toshkentda PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi 143 µg/m³ga yetgani qayd etildi — bu ruxsat etilgan me’yordan (60 µg/m³) taxminan 2,4 baravar yuqori ekan.Shuningdek, 16–17-noyabr kunlari havo sifati yana keskin yomonlashdi: PM2.5 darajasi 202 µg/m³ga chiqqan, bu esa me’yoriy chegaradan 3,4 barobar ortiq.22-noyabrda esa PM2.5 darajasi 186.4 µg/m³’ga yetib, ruxsat etilgan darajadan 3,1 barobar oshgani xabar qilindi.Bu Toshkent havosining yildan yilga ifloslanib borishidan dalolat beryapti. Lekin biz ifloslanishiga ozgina boʻlsa ham qarshilik qila olishimiz mumkinmi? Menimcha biz buning uchun faqatgina daraxt ekib yordam bera olishimiz mumkin. Asosiy ishni esa davlat mutasaddilari qilishi lozim. Korxonalardan chiqayotgan zaharli gazlarni kamaytirish, korxonalarda  kerosin emas balki gaz yoqsa  yaxshi boʻlardi. Hozir koʻchada koʻpchilik niqobda yurayotganini koʻrayapman... kelajakda esa shahardagi hamma niqob taqishga majbur boʻlib qolishi ham hech gap emas. Men buni istamayman....






Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning