Toshkent havosining ifloslanishi
— 2024-yil 21-fevral kuni Toshkent shahri dunyoning eng yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi boʻyicha 1-oʻrinni qayd etdi[1]. IQAir portali maʼlumotlariga koʻra, ertalabki soat 08:30 atrofida Toshkent havosida PM2,5 dispers mayda zarralarining konsentratsiyasi darajasi keskin oshgan va bu 196 mkg/m3 ni tashkil etgan[2]. Bu daraja JSST tavsiya qilgan standartdan 39,3 baravar yuqori daraja hisoblanadi. Shahar havosining ifloslanishining asosiy sabablari 2024-yil fevral oyidagi ob-havo sharoiti, tashkilotlar tomonidan mazutdan foydalanishning koʻpayishi va qor yogʻishi paytida koʻchalarga tuproqli aralashmalar sepilganligi taxmin qilingan. Shu kuni IQAir reytingning 2-oʻrinni Pokistonning Lahor shahri egallagan (PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 175 mkg/m3). Hindistonning Dehli shahri 3-pogʻonani qayd etgan (165 mkg/m3). Reytingda top oʻntalikni Dakka (Bangladesh), Yangon (Myanma), Katmandu (Nepal), Xanoy (Vyetnam), Jakarta (Indoneziya), Milan (Italiya) va Kalkutta (Hindiston) egallagan[3]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining xulosalariga koʻra, havo ifloslanishi darajalari orasida inson salomatligi uchun eng katta xavf tugʻdiradigani aynan PM2,5 dispers mayda zarralari hisoblanadi.Sabablari
Toshkent havoning ifloslanishi reyting boʻyicha top 1-oʻringa chiqishdan 3 kun oldin, yani, 19-fevral kuni Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 12,1 ming tonnadan ziyod mazut yoqilganini va bu avvalgi kunga nisbatan 1400 tonnaga koʻp ekanligi taʼkidlangan[4]. Natijada, atmosferaga katta miqdorda zaxarli gazlar chiqarilagan. Iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov 20-fevral kuni kechqurun O‘zbekiston hududiga kirib kelgan 3 kunlik antitsiklon havo massalari keng masshtabda shahar atmosferasiga taʼsir etib, havoni ifloslantiruvchi moddalarning havoda muallaq turib qoladigan sharoitni yaratishi mumkinligi ehtimoli borligi taʼkidlagan[5]. Shuningdek, qor yogʻgan kunlarda Toshkent shahrining koʻchalari va aholi uylarning kirish yoʻllariga qor va muzlarni eritish uchun koʻp miqdorda qum va tuz aralashmasi, baʼzi joylarda esa shunchaki oddiy tuproq muzlagan yerga sochilgan. Yer qurigach, sochilgan qum va tuz aralashmalar havoda qoʻshimcha chang hosil boʻlishiga olib kelgan[6]. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining expertlarining xulosasiga koʻra, Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishiga quyidagi omillar taʼsir etmoqda[7][8][9]: Toshkentda yashil hududlarning kamaygani; qurilish ishlarining betartib amalga oshirilayotgani; avtotransport vositalari sonining ortib borayotgani;
tirbandliklarning koʻpayishi;
uglevodorodlardan, jumladan, koʻmir yoqilgʻisidan foydalanish hajmining ortgani;
issiqlik markazlari tomonidan qoʻshimcha yoqilgʻi sifatida mazut yoqilgʻisidan foydalanish;
tabiiy omillar.






Juda zor mavzu tanlabsiz 💯
ReplyDeleteEee raxmat
Delete👏🏻👏🏻
ReplyDelete