Raqamli tarix fanini oʻtish davomida bizga ustoz koʻplab platformalarda ishlashni oʻrgatdi.
Omeka.net, Voyant tools kabi platfofmamar haqida avvalgi postlarimda yozib qoldirgandim.
Ustoz bizga yangi sayt academia.edu.da ishlashni oʻrgatdi. Shu paytgacha oʻrgangan saytlarimizdan eng foydalisi men uchun shu boʻldi. bor Academia.edu platformasi bilan tanishdim. Dastlab bu fan biz uchun tushunarsiz va yangi ko‘rinib, biroz qiyinchilik tug‘dirgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan angladimki, XXI asr- raqamli islohotlar va texnologik yuksalish davri bo‘lib, bu jarayon ilmiy tadqiqotlar sohasiga ham jadal kirib kelgan. Bugungi kunda ilmiy ishlarni faqat chop etish bilangina cheklab qo‘yish emas, balki ularni internet tarmoqlari orqali keng jamoatchilikka yetkazish zamonaviy tadqiqotchining asosiy vazifalaridan biriga aylangan.Tayloqov ustozimiz bizga saytning imkoniyatlari, undan to‘g‘ri foydalanish qoidalari va ilmiy materiallarni joylash yo‘llari haqida muhim ma’lumotlar berdilar. Bu sayt orqali biz universitetdagi domlalarimizning ilmiy ishlarini koʻrishga muvaffaqa boʻldik. A. Doniyorov,B. Odilov, B.Zokirov kabi ustozlarimizning ilmiy ishlari bilan yaxshigina tanishdik.

Comments
Post a Comment