Skip to main content

Unutilgan faryod: Uyg‘ur millatining Iskanjasi

 Iskanja Omina Shenliko‘g‘li asari menga chuqur ta’sir qildi. Asarda uyg‘ur xalqining fojiali taqdiri, xitoylarning ularning milliy va dini qadriyatlariga nisbatan ko‘rsatgan shafqatsiz munosabati juda achchiq hissiyotlar bilan tasvirlangan. Har bir sahifada insoniylik ezilgan, erkinlik bo‘g‘ilgan, adolat unutilgan. Ayniqsa, islom dinini bosim ostida yo‘qotish uchun qilinayotgan urinishlar, masjidlarning buzilishi, Qur’on o‘qiganlar jazolanishi – buning bari bugungi zamonda ham davom etayotgan zulmning yaqqol ifodasidir. Asarni oʻqish davomida men bunga amin boʻldim.

Asarda ikki aka-uka taqdiri ko‘rsatilgan. Ular bilim olish umidida o‘qishga jo‘naydi, biroq Xitoyning kommunistik mafkurasi ta’sirida ukasi asta-sekin o‘z milliyligini unutib boradi. Unga singdirilgan g‘oya millat emas, mafkura uchun yashashdir. Lekin haqiqiy tarbiya oilaviy rishtalardan kuchli bo‘ladi. Ukasi nihoyat bu yo‘l noto‘g‘ri ekanini anglab, qayta millatiga yuzlanadi. Ammo shu o‘zgarishni ko‘rgan akasi uni kommunistik mafkura yo‘lida “xoin” deb bilib, sotib yuboradi. Natijada butun oila yo‘q qilinadi  bu sahna asarning eng dahshatli, yurakni titradigan qismidir.Eng larzali lavhalardan biri - chaqaloqning qulog‘i kesilib, uni oilaga yedirmoqchi bo‘lgan manzaradir. Bu - shunchaki vahshiylik emas, balki uyg‘urlar ruhiyatini butkul sindirish uchun qilingan ruhiy va jismoniy qiynoqlarning timsolidir. Muallif voqealarni nafaqat tasvirlaydi, balki har bir zulm ortida yashirin siyosiy maqsad, millatni yo‘q qilish strategiyasini ko‘rsatadi.Kitobdagi bu parchalarni oʻqir ekansiz, koʻzingizga yosh kelishi aniq...

Shu asarni o‘qib, insoniyat nomidan uyaldim. Bu faqat uyg‘ur xalqi dardi emas - bu adolat, erkinlik va e’tiqod uchun kurashayotgan har bir inson dardidir. Asar meni o‘ylantirdi, larzaga soldi va bir haqiqatni yana isbotladi: zulm abadiy bo‘lmaydi, ammo uni unutish  zulmning eng katta davomi bo‘ladi. Boshqa oʻquvchilarimizga ham bu asarni oʻqishni maslahat berardim....




Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning