Biz raqamli tarix fanidan o‘rgangan ikkinchi platforma Voyant Tools platformasi bo‘ldi . Bu platforma raqamli humanitar fanlarda keng ishlatiladigan, matnlarni chuqur tahlil qilishga yordam beradigan juda qulay vosita hisoblanadi. Dars jarayonida biz ushbu platforma orqali
matnlar to‘plamini turli jihatdan o‘rganish, takrorlanuvchi so‘zlarni aniqlash, mavzularni tahlil qilish, statistik ko‘rsatkichlarning qanday ishlashini tushunib oldik ✨.Voyant Toolsning eng asosiy afzalliklaridan biri — uning onlayn, bepul ekanligi va umuman ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmasligidir 🌐. Bu esa bizga istalgan matnni tezda yuklab, darhol tahlil qilish imkonini beradi. Lekin darsning boshida ustoz tushuntirganlarida bu platformani unchalik yaxshi tushunmagan edim 🤦♀️. Aynan shu paytda menga katta yordam bergan inson — Samira edi ❤️ .O‘zi ham vazifalar bilan band, asabi charchagan bo‘lishiga qaramay 😵💫, Samira menga Voyant Toolsning butun funksiyalarini tushuntirib berdi. Men tushunmagan joylarimni sabr bilan izohlab, qayta-qayta ko‘rsatib berdi. (Alloh undan rozi bo‘lsin) 🤲💐. Samiraning yordamisiz bu platformani hozirgidek yaxshi anglamagan bo‘lardim. Voyant Toolsga matn yuklangan zahoti dastur avtomatik tarzda bir nechta tahlillarni boshlaydi . Masalan, u matndagi eng ko‘p uchraydigan so‘zlarni aniqlaydi, so‘zlarning matn davomida qanday tarqalganini grafik ko‘rinishida ko‘rsatadi . Platformada Cirrus, Reader, Trends, Summary, Context, Mandala, Bubblelines kabi turli funksiyalar mavjud. Ularning ba’zilari so‘z buluti yaratadi ☁️, ba’zilari so‘z chastotasini o‘lchaydi, boshqalari esa so‘zlarning matnda joylashuvi va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘rsatadi. Eng qulay tomoni — Voyant Tools faqat bitta matn bilan emas, balki bir nechta matnlarni solishtirish, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini topish, vaqt davomida yuz bergan o‘zgarishlarni kuzatish imkonini ham beradi. Shu sababli bu platforma nafaqat dars uchun, balki ilmiy izlanishlar uchun ham juda foydali hisoblanadi.Bu platforma barcha kursdoshlarimizni stressga tushirdi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, birinchi omeka.netda sayt yaratganimizda bu darakajada qiynalmagandik. Voyant toolsda esa 10 marta omeka.netda sayt yaratgandek boʻldik. Bu asabiylashishimiz, stressga tushishimiz va uyqusiz tunlarimiz natijasi yaxshi boʻlishini ustozdan kutib qolamiz. In Shaa Alloh hammamiz olgan ballarimizdan xursand boʻlamiz.
Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.


Comments
Post a Comment