Assalomu alaykum men ushbu postimda yoshlarni bosh vaqtining unumli narsalar bilan o'tkazishi uchun O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yaratilgan platformalar haqida ma'lumot bermoqchiman. Birinchi tanishtiradigan platformam bu "Ibrat farzandlari" platformasidir. Ushbu platforma ko'pchilikka tanish platforma hisoblanadi. Bu platforma orqali yoshlar xorijiy tillarni bepul onlayn maxsus tayyorlangan video darslardan o'rganishi mumkin. Ushbu darslarni malakali ustozlar o'tib beradi.
Platformaga kirganimda dastlab men o'zimning shaxsiy kabinetimni yaratdim. So'ngra esa bu platformada o'zingiz hohlagan kursga yozilishiniz va darslarni boshlashingiz mumkin. Har bir dars boshidan o'rgatiladi.Mana bu rasmda ko'rib turganingiz kabi hamma tillar alohida kategoriyalashtirilgan holda ko'rsatilgan bo'ladi.
Har bir til jahon standartlariga mos tarzda olib boriladi va huddi shunday rejalashtirilgan bo'ladi. Darslar darajalarga ajratib chiqilgan bo'ladi. Har bir bosqichi tugatganingizdan so'ng sizga Ibrat farzandlari platformasi tomonidan sertifikat beriladi.
Darslar o'quvchi zerikib qolmasligi uchun qisqa 10 yoki 15 minutda qilib yozib olingan. Har bir darsni tugatgach rasmda ko'rsatilgandek testlar qoyilgan Siz Ushbu testlarni yechmasdan keyingi darsga o'tolmaysiz. Va shu testlar orqali siz ballarni to'plab borasiz
Ushbu platforma tillar o'rganish uchun ancha qulay . Shunchaki o'quvchi ixlos qilib o'rgansa bo'ldi.




Yaxshi yondashuv
ReplyDeleteYaxshi yoritibsiz
ReplyDeleteRahmat
ReplyDelete