Vayant tools yordamida matn tahlili.
Tahlil uchun G‘aybulla Boboyorov nomli matn tanlandi. Voyant Tools dasturi yordamida ushbu matnning hajmi, so‘z boyligi va ishlatilgan leksik birliklarning tahlili amalga oshirildi. Quyidagi jadvalda asosiy statistik ma’lumotlar keltirilgan.
So‘zlar buluti” tasviri matnda eng ko‘p ishlatilgan so‘zlarni yirikroq shaklda ifodalaydi. Tahlil natijasida “turk”, “To‘xoriston”, “Sug‘diy”, “hukmdor”, “Xo‘qon”, “tangalar”, “yozuv” kabi so‘zlar eng faol ishlatilgani aniqlandi. Ushbu natija matnning tarixiy va madaniy yo‘nalishga ega ekanini, xususan, qadimgi turkiy davr, tangalar va yozuv madaniyati haqida ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, ko‘plab tarixiy atamalar va joy nomlarining ishlatilishi asarning ilmiy-tarixiy mazmunga boyligini isbotlaydi.
Ushbu grafikda tanlangan asosiy so‘zlarning matn bo‘ylab uchrash chastotasi ko‘rsatilgan. Egri chiziqlar turli so‘zlarning turli bo‘limlarda qanchalik faol ishlatilganini bildiradi.Grafikdan ko‘rinadiki, ayrim asosiy so‘zlar matnning boshlanish qismida va yakuniy bo‘limlarida ko‘proq qo‘llanilgan. Bu holat matnda mavzu dinamikasi mavjudligini, ya’ni tarixiy voqealarning izchil bayoni va g‘oya rivoji borligini anglatadi.Tahlil natijasi : hujjatda jami 8 070 ta so‘z aniqlangan. Shundan 2 688 tasi takrorlanmaydigan so‘z turlari (ya’ni leksik birliklar)ni tashkil etadi. So‘zlarning o‘zaro takrorlanish nisbati 33% bo‘lib, bu matnning boy lug‘at zaxirasiga ega ekanini bildiradi. Har bir jumlada 15,1 ta so‘z ishlatilgani matnning grammatik jihatdan murakkab, lekin ifodali tuzilganini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi jadvalda tahlil qilingan matndagi eng koʻp uchraydigan soʻzlar va ular bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar berilgan. Bu yerda quyidagi ustunlar mavjud:Muddati: Har bir so'z uchun umumiy vaqt yoki takrorlanish raqami.Hisoblash: So‘z nechta marta uchraganini bildiradi.Qarindosh: Soʻzlarning boshqa soʻzlar bilan bogʻliqlik darajasi (ya'ni, ko‘p uchragan kombinatsiyalar soni).Trend: So‘zlar matn davomida qanday o‘zgarib borgani grafik tarzda ko‘rsatilgan.Jadvalda quyidagi so‘zlar eng yuqori o‘rinlarni egallagan:turk – 67 marta uchragan, 8302 qarindoshligi bor.to‘xoriston – 60 marta, 7435 qarindoshlikka ega.sug‘diy – 57 marta, 7063 qarindosh.Yana boshqa so‘zlar: o‘rin, hukmdor, xoqon va boshqalar.
Ushbu grafik, matnda eng ko‘p uchraydigan so‘zlar (masalan, turk, to‘xoriston, sug‘diy, o‘rin, hukmdor) matn davomida qancha va qayerlarda uchraganini rangli doiralar bilan ko‘rsatadi. Doira qayerda ko‘p bo‘lsa, o‘sha so‘z matnda ko‘p ishlatilgan bo‘ladi. Grafikning uzunligi matndagi bo‘limlar sonini bildiradi, 278 – bo‘limlar soni.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Voyant Tools dasturi yordamida o‘tkazilgan tahlillar matnni, natijalarga ko‘ra, matnda 8 mingdan ortiq so‘z ishlatilgan bo‘lib, eng faol so‘zlar turk, Toxariston, hukmdor, yozuv, tanga kabi tarixiy tushunchalardir. Bu matnning mazmuni asosan turkiy xalqlar tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlanganini ko‘rsatadi. Diagramma va grafiklar orqali so‘zlarning matn bo‘ylab taqsimlanishi, mavzularning izchil rivojlangani ham aniqlandi. Umuman olganda, tahlil matnning ilmiy, mazmunan boy va mantiqan tuzilgan ekanini tasdiqlaydi.






Tahliliz yaxshi chiqibdi
ReplyDeleteStarsta zor chiqibdi😄👍👍
ReplyDeleteJuda zoʻr
ReplyDeleteUdaree
ReplyDeleteZo'r
ReplyDelete