Skip to main content

Voyant tols saytida ishlamoqchimisiz

1. Voyant Tools’dagi Cirrus boʻlimi yordamida matnimdagi eng koʻp ishlatilgan soʻzlarni ko‘rdim va ularni osongina aniqladim. Bu bo‘limda so‘zlar qanchalik koʻp ishlatilgan boʻlsa, shuncha katta va aniq chiqadi

. Shu orqali asosiy mavzuni muhim so‘zlarni va matndagi asosiy g‘oyalarni tezda tushunish oson boʻlarkan. Men uchun Cirrus bo‘limi juda qulay boʻldi, chunki ko‘p ma’lumotni qisqa va tez tushunishga yordam berdi. Cirrus bo‘limi ayniqsa ko‘p matnlar bilan ishlaganda juda foydali, chunki qisqa va aniq natija beradi. O‘rganayotgan talabalar uchun ham qulay va tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun men ham matnlarni tahlil qilayotganimda juda oz vaqt sarflab ko’p ma’lumotlarni bilib oldim. Barcha matnlarni o’qib chiqib, ma’lumot olgandan ko’ra uni Voyant toolsda tahlil qilish ossonroq va samaraliroq ekan.

2. Chtenie boʻlimida men matnni batafsil oʻqidim va uning mazmunini tahlil qildim. Bu bo‘limda matnning asosiy g‘oyalari, tarixiy va ijtimoiy mavzulari ochib berildi. Matnda Buxoro amirligining tarixchiligi, qadimiy manbalar, xronikalar va siyosiy-iqtisodiy hayot haqida ma’lumotlar berilgandi. Shular orqali matnning nazariy va amaliy ahamiyati haqida tushuncha hosil qiloldim. Oʻqish jarayonida matn mazmunini cirrusga qaraganda ko’proq tushundim, chuqurroq angladim va asosiy soʻzlar va mavzularni aniqlay oldim. Shuningdek, matnning tarkibidagi kalit so‘zlar, tarixiy va ijtimoiy voqealarga oid ko’pgina tafsilotlar har tomonlama o‘rganishga yordam beradi. Shu sababliyam bu bo‘lim matnni faqatgina yuzaki o‘qishmas chuqurroq tahlil qilish, uning mazmunini anglash va ilmiy jihatdan asosli xulosalar chiqarishga yordam berdi.

3. Ushbu grafikda “ipak”, “xitoy” va “savdo” so‘zlarining turli hujjatlardagi nisbiy takrorlanish darajasi ko’rsatilgan. Ushbu tendensiya ularning tarixiy yoki madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan matnlarda qanday taqsimlanganini ko‘rsatdi. Masalan, “ipak” so‘zi ba’zi hujjatlarda judayam ko’p takrorlangan, bu hududning matnga ko’proq ta’siri borligini bildirib, uni nisbatan ko‘proq muhokama qilinganligini ko’rsatyapti. Shu bilan birga, “savdo” soʻzining ba’zi hujjatlarda ko’p qo’llanilgani esa uning o‘rni va mavzusini ajratib ko‘rsatyapti. “Xitoy” so‘zi esa boshqa kontekstda qancha qo’llanilganini ko‘rsatmoqda. Ushbu tendensiya matnlar ichida geografik, tarixiy mavzular va ularning ahamiyati haqida tahlil qilish uchun muhimdir. U matn ichida ma’lum joylarning ta’siri yoki asosiy mavzu sifatida qanchalik ko‘tarilganini aniqlashga yordam beradi. Qaysi so’z qaysi matnda nisbatan ko’p qatnashganiga qarab matnning mazmuni haqida qisqacha xulosa olsak ham bo’lar ekan. Bu tendensiyani yana boshqacha ko’rinishlarda ham qilsa bo’lar ekan. Tendensiyaga kiritmoqchi bo’lgan so’zlaringizni yozib kiritib ko’rsangiz usha so’zlarni boshqa matnlarda qay darajada ishtirok etgani haqida ma’lumot olsangiz bo’ladi.

: Этот корпус содержит {количество} документов со {словами} общее количество слов and 12,108 уникальные словоформы. Создан около {количество} минут назад.

Длина документа:

Самый длинный Microsoft Word – Azimov… (23769); 5b470f44dee50 (4506); buyuk_ipak_yo_li_allomala… (2971); ZDIF2418 (2808); To’ychiyev Ismoil ilmiy… (2655)

Самый короткий: ipak yo’li (0); ZDIT2473 (2080); 51491_1_5C22EECAFCD84F398… (2326); Ilmiy maqola 18042006 (2616); buyuk-ipak-yoli-muloqot-v… (2626)

Лексическая плотность:

Самый высокий 51491_1_5C22EECAFCD84F398… (0.542); buyuk-ipak-yoli-muloqot-v… (0.500); ZDIF2418 (0.497); buyuk_ipak_yo_li_allomala… (0.484); 5b470f44dee50 (0.471)

Самый низкий ipak yo’li (); Microsoft Word – Azimov… (0.289); To’ychiyev Ismoil ilmiy… (0.409); Ilmiy maqola 18042006 (0.411); ZDIT2473 (0.453)

Среднее количество слов в предложении:

Самый высокий buyuk-ipak-yoli-muloqot-v… (30.9); ZDIT2473 (28.5); Microsoft Word – Azimov… (20.6); To’ychiyev Ismoil ilmiy… (20.4); buyuk_ipak_yo_li_allomala… (19.4)

Самый низкий ipak yo’li (0.0); 5b470f44dee50 (17.2); ZDIF2418 (18.0); 51491_1_5C22EECAFCD84F398… (19.1); Ilmiy maqola 18042006 (19.2)

Readability Index:

Самый высокий 51491_1_5C22EECAFCD84F398… (32.605); To’ychiyev Ismoil ilmiy… (27.343); buyuk-ipak-yoli-muloqot-v… (27.158); Ilmiy maqola 18042006 (27.011); ZDIT2473 (23.179)

Самый низкий ipak yo’li (13.600); Microsoft Word – Azimov… (17.081); ZDIF2418 (20.844); 5b470f44dee50 (21.855); buyuk_ipak_yo_li_allomala… (22.987)

Самые часто встречающиеся слова в корпусе:

В (463); и (363); ipak (302); xitoy (301); bilan (301)

Отличительные слова (по сравнению с остальной частью корпуса):

51491_1_5C22EECAFCD84F398…: w (14), yo’lini (11), yo’li (17), bulletin (7), o’zbekiston (16).

5b470f44dee50: yo’li (61), o’z (25), yo’l (20), evropa (18), bo’lgan (24).

Ilmiy maqola 18042006: o‘rta (27), bo‘lgan (20), sug‘d (11), turk (17), шаклланиши (9).

Microsoft Word – Azimov…: в (459), и (358), с (247), на (136), центральной (87).

To’ychiyev Ismoil ilmiy…: footnoteref (10), o‘rta (27), bo‘lgan (20), sug‘d (11), turk (17).

ZDIF2418: bo (46), yo (59), ko (23), qo (16), so (15).

ZDIT2473: yo (39), bo (16), banki (10), ko (18), milliard (9).

Buyuk-ipak-yoli-muloqot-v…: oʻrta (16), 2454 (16), yoʻli (13), yo’li (19), bet (13).

Buyuk_ipak_yo_li_allomala…: ǀ (16), www.caajsr.uz (16), o’z (22), sino (15), ibn (26).

4. VoyantTools platformasidagi to’rtinchi bo’limi bu -resume. Bu bo‘lim matnning umumiy tahlilini ko‘rsatadi. Bu yerda matndagi so‘zlar soni, takrorlanish soni, eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar, jumla va xatboshi soni kabi ko‘rsatkichlar jamlangan. Ushbu bo‘lim orqali matnning asosiy mavzusi va so‘z boyligi haqida tezda tasavvur hosil qilish mumkin. Menimcha, bu bo‘lim juda foydali, chunki u matnni chuqur tahlil qilishdan oldin umumiy manzarani ko‘rsatadi. Masalan, qaysi so‘zlar eng ko‘p ishlatilganini bilish orqali matnda asosiy g‘oya yoki muhim tushunchalarni aniqlash mumkin. Shuningdek, bu bo‘lim ilmiy ishlar, maqolalar yoki nutqlarni tahlil qilishda vaqtni tejaydi va aniqroq natija beradi. Bir loyiha ustida ishlayotganda qisqa vaqt Ichida ko’p manba bilan tanishib chiqishga to’g’ri keladi va bu ko’p vaqtni oladi. Shu sababli, “Résumé” bo‘limi matn tahlilini boshlashda birinchi bosqich sifatida juda muhim deb hisoblayman. Aynan hozir ham resume bo’limi orqali bir vaqtning o’zida 10ta matnning umumiy nima haqida ekanligini biloldim.

5. Voyant tools saytidagi so’nggi va muhim bo’limlaridan yana biri bu-“Contexts”. Voyant Tools dasturining “Contexts” (Kontekstlar) bo‘limida men kiritgan tarixiy matndagi tanlangan so‘zlar qanday joylarda va qanday ma’noda ishlatilgani ko‘rinadi. Bu oynada har bir so‘z oldidan va keyin kelgan so‘zlar berilgan va ularning tarixiy matnlardagi ma’nosini tushunishga yordam beradi. Masalan, tarixiy manbalarda ba’zi so‘zlar davrga, shaxsga yoki joy nomiga qarab turlicha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. “Contexts” bo‘limi orqali men bu so‘zlarning qaysi vaziyatda ishlatilganini, qanday tarixiy voqeaga taalluqli ekanini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu bo‘lim tarixiy matn tahlilida juda foydali, chunki u matnning mazmunini chuqurroq anglash, muallifning tarixiy nuqtai nazarini va asosiy mavzularni aniqlashda yordam beradi. Shuningdek, bu usul matndagi takrorlanuvchi tarixiy tushunchalar yoki terminlarni oson topish imkonini beradi. Shuning uchun “Contexts” bo‘limini tarixiy manbalarni o‘rganishda so‘zlarni qaysi ma’noda kelayotganini bilish uchun judayam kerakli deb hisoblayman.

Voyant Tools platformasida qilgan tahllarim natijasida quyidagi so’zlar eng ko’p qatnashgan va ula quyidagicha ma’noda kelgan:

1 yo’l (252) Asarlar tarixiy jarayonlarda muhim ro’l o’ynaganligi uchun.

2 savdo(220) Korpusda savdo markaziy mavzu bo’ganligi uchun

3 xitoy (69) ushbu davlatning siyosiy tuzumlari va boshqaruv tizimlari haqida so‘z yuritilganligiga

4 buyuk (134) ipak yo’li tuzilmasi sifatida shunday yuritilgan.

5 ipak (61) maliumotlarda bu haqida ko’p ma’lumot berilgani uchun.

6 iqtisodiy (52) Iqtisodiy hayot va savdo tizimlari tahlil qilingan.

7 madaniy (47) Madaniyat va ma’naviyat bilan bog‘liq jihatlar.

8 xalqlar (45) yo’l bo’yidagi xalqlar, ijtimoiy qatlamlar haqida.

Saytga kiritilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Mamarahimova B.I. Buyuk ipak yo’li sivilizatsiyalararo muloqot yo’li. Toshkent-2010: o’quv qo’lana

2. To’ychiyev I.M. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyoda savdo-aloqa yo’llarining rivojlanishi. Toshkent-2025: ilmiy maqola

3. Abdullayev A.A. Buyuk ipak yo’lining shaklanishi, rivojlanish bosqichlari va ahamiyati. Namangan

4. Abdullayev A.A. Buyuk ipak yo’lining bugungi kunda qayta tiklanishi va jahon mamlakatlarining o’zaro aloqalari. Namangan; ilmiy maqola

5. Shotemirova A.M. Buyuk ipak yo’li – shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon. Samarqand- 2014

6. Azimov X.X. Qadimgi davr Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari “Xitoy manbalari asosida”. Toshkent – 2023:

7. Qo’ziyev N.A. Zamonaviy ipak yo’li tadqiq etish xorijlik olimlar nigohida hamda O’zbekiston ishtiroki. Namangan – 2022;

8. Abdullayeva M.R. Buyuk ipak yo’li allomalari asarlarida shaxs kamolati haqida qarashlar. O’zbekiston – 2021; www.caajsr.uz

9. To’ychiyev I.M Xitoy imperatori U dining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalarining o’rnatilishi. Toshkent- 2025


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning