Yo’dashboyeva Shaxribonu MOXT1guruh talabasining Raqamli tarix fanidan voyant tools saytida tayyorlagan ishining tahlili:
1. Voyant Tools’dagi Cirrus boʻlimi yordamida matnimdagi eng koʻp ishlatilgan soʻzlarni ko‘rdim va ularni osongina aniqladim. Bu bo‘limda so‘zlar qanchalik koʻp ishlatilgan boʻlsa, shuncha katta va aniq chiqadi. Shu orqali asosiy mavzuni muhim so‘zlarni va matndagi asosiy g‘oyalarni tezda tushunish oson boʻlarkan. Men uchun Cirrus bo‘limi juda qulay boʻldi, chunki ko‘p ma’lumotni qisqa va tez tushunishga yordam berdi. Cirrus bo‘limi ayniqsa ko‘p matnlar bilan ishlaganda juda foydali, chunki qisqa va aniq natija beradi. O‘rganayotgan talabalar uchun ham qulay va tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun men ham matnlarni tahlil qilayotganimda juda oz vaqt sarflab ko’p ma’lumotlarni bilib oldim. Barcha matnlarni o’qib chiqib, ma’lumot olgandan ko’ra uni Voyant toolsda tahlil qilish ossonroq va samaraliroq ekan.

2. Chtenie boʻlimida men matnni batafsil oʻqidim va uning mazmunini tahlil qildim. Bu bo‘limda matnning asosiy g‘oyalari, tarixiy va ijtimoiy mavzulari ochib berildi. Matnda Buxoro amirligining tarixchiligi, qadimiy manbalar, xronikalar va siyosiy-iqtisodiy hayot haqida ma’lumotlar berilgandi. Shular orqali matnning nazariy va amaliy ahamiyati haqida tushuncha hosil qiloldim. Oʻqish jarayonida matn mazmunini cirrusga qaraganda ko’proq tushundim, chuqurroq angladim va asosiy soʻzlar va mavzularni aniqlay oldim. Shuningdek, matnning tarkibidagi kalit so‘zlar, tarixiy va ijtimoiy voqealarga oid ko’pgina tafsilotlar har tomonlama o‘rganishga yordam beradi. Shu sababliyam bu bo‘lim matnni faqatgina yuzaki o‘qishmas chuqurroq tahlil qilish, uning mazmunini anglash va ilmiy jihatdan asosli xulosalar chiqarishga yordam berdi.

3. Ushbu grafikda "turkiston", "buxoro" va "xiva" so‘zlarining turli hujjatlardagi nisbiy takrorlanish darajasi ko'rsatilgan. Ushbu tendensiya ularning tarixiy yoki madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan matnlarda qanday taqsimlanganini ko‘rsatdi. Masalan, "turkiston" so‘zi ba’zi hujjatlarda judayam ko’p takrorlangan, bu hududning matnga ko’proq ta’siri borligini bildirib, uni nisbatanko‘proq muhokama qilinganligini ko’rsatyapti.Shu bilan birga, "buxoro" soʻzining ba'zi hujjatlarda ko’p qo’llanilgani esa uning o‘rni va mavzusini ajratib ko‘rsatyapti. "Xiva" so‘zi esa boshqa kontekstda qancha qo’llanilganini ko‘rsatmoqda. Ushbu tendensiya matnlar ichida geografik, tarixiy mavzular va ularning ahamiyati haqida tahlil qilish uchun muhimdir. U matn ichida ma’lum joylarning ta’siri yoki asosiy mavzu sifatida qanchalik ko‘tarilganini aniqlashga yordam beradi. Qaysi so’z qaysi matnda nisbatan ko’p qatnashganiga qarab matnning mazmuni haqida qisqacha xulosa olsak ham bo’lar ekan. Bu tendensiyani yana boshqacha ko’rinishlarda ham qilsa bo’lar ekan. Tendensiyaga kiritmoqchi bo’lgan so’zlaringizni yozib kiritib ko’rsangiz usha so’zlarni boshqa matnlarda qay darajada ishtirok etgani haqida ma’lumot olsangiz bo’ladi.
4. Этот корпус содержит {количество} документов со {словами} общее количество слов and 7,102 уникальные словоформы. Создан около {количество} минут назад.
Длина документа:
Лексическая плотность:
Среднее количество слов в предложении:
Readability Index:
Самые часто встречающиеся слова в корпусе:
Отличительные слова (по сравнению с остальной частью корпуса):
4. VoyantTools platformasidagi to’rtinchi bo’limibu -resume. Bu bo‘lim matnning umumiytahlilini ko‘rsatadi. Bu yerda matndagi so‘zlarsoni, takrorlanish soni, eng ko‘p ishlatilganso‘zlar, jumla va xatboshi soni kabiko‘rsatkichlar jamlangan. Ushbu bo‘lim orqalimatnning asosiy mavzusi va so‘z boyligihaqida tezda tasavvur hosil qilish mumkin. Menimcha, bu bo‘lim juda foydali, chunki u matnni chuqur tahlil qilishdan oldin umumiymanzarani ko‘rsatadi. Masalan, qaysi so‘zlareng ko‘p ishlatilganini bilish orqali matndaasosiy g‘oya yoki muhim tushunchalarnianiqlash mumkin. Shuningdek, bu bo‘limilmiy ishlar, maqolalar yoki nutqlarni tahlilqilishda vaqtni tejaydi va aniqroq natijaberadi. Bir loyiha ustida ishlayotganda qisqavaqt Ichida ko’p manba bilan tanishibchiqishga to’g’ri keladi va bu ko’p vaqtnioladi. Shu sababli, “Résumé” bo‘limi matntahlilini boshlashda birinchi bosqich sifatidajuda muhim deb hisoblayman. Aynan hozirham resume bo’limi orqali bir vaqtning o’zida10ta matnning umumiy nima haqida ekanliginibiloldim.

5. Voyant tools saytidagi so’nggi va muhimbo’limlaridan yana biri bu-“Contexts”. Voyant Tools dasturining “Contexts” (Kontekstlar) bo‘limida men kiritgan tarixiy matndagitanlangan so‘zlar qanday joylarda va qandayma’noda ishlatilgani ko‘rinadi. Bu oynada harbir so‘z oldidan va keyin kelgan so‘zlarberilgan va ularning tarixiy matnlardagima’nosini tushunishga yordam beradi. Masalan, tarixiy manbalarda ba’zi so‘zlardavrga, shaxsga yoki joy nomiga qarabturlicha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. “Contexts” bo‘limi orqali men bu so‘zlarningqaysi vaziyatda ishlatilganini, qanday tarixiyvoqeaga taalluqli ekanini aniqlashimkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu bo‘lim tarixiymatn tahlilida juda foydali, chunki u matnningmazmunini chuqurroq anglash, muallifningtarixiy nuqtai nazarini va asosiy mavzularnianiqlashda yordam beradi. Shuningdek, buusul matndagi takrorlanuvchi tarixiytushunchalar yoki terminlarni oson topishimkonini beradi. Shuning uchun “Contexts” bo‘limini tarixiy manbalarni o‘rganishdaso‘zlarni qaysi ma’noda kelayotganini bilishuchun judayam kerakli deb hisoblayman.
Voyant Tools platformasida qilgan tahllarim natijasidaquyidagi so’zlar eng ko’p qatnashgan va ula quyidagicha ma’noda kelgan:
1 tarixiy (84) Asarlar tarixiy jarayonlarni tasvirlaganiuchun.
2 buxoro (76 )Korpusda Buxoro amirligi markaziymavzu bo’ganligi uchun
3 davlat (69) Siyosiy tuzumlar va boshqaruv tizimlarihaqida so‘z yuritilganligiga
4 amirlik (64) Buxoro davlat tuzilmasi sifatida shundayyuritilgan.
5 siyosiy (61) Siyosiy islohotlar va boshqaruv tizimlarihaqida ko’p ma’lumot berilgani uchun.
6 iqtisodiy (52) Iqtisodiy hayot va savdo tizimlari tahlilqilingan.
7 madaniy (47) Madaniyat va ma’naviyat bilan bog‘liqjihatlar.
8 xalq (45) Buxoro xalqi, ijtimoiy qatlamlar haqida.
9 islohot (42) Jadidchilik va yangilanish harakatlaribilan bog‘liq.
10 ilm (39) Ilm-fan va ta’lim jarayonlari yoritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.G. Abdulxay “XIXasr 2-yarmi XXasr boshlaridaqoqaqalpoqlarning turmushi va madaniyat.//G.2023
2. IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI № 5 (5) – 2025
3. Guliruxsor Temirova “ZAYNIDDIN VOSIFIYNING “BADOYE’ UL – VAQOYE’ ASARI – BUXORO TARIXIGA OID MUHIM MANBA.// B.2025
4. “SHAYBONIYLAR DAVRIDA HARBIY ISH TASNIFI” Xayrullayev Umidjon.//T.2025
5. “BUXORO AMIRLIGI TARIXCHILIGI QADIMIY MABALARDA” Teshayev O’lmasbek Faxriddin o’g’li./ Международный научный журнал «Новости образования: исследование в XXI веке» № 38 (100), часть 1 Октябрь, 2025
6. “QO’QON XONLIGINI TUGATILISHI” Xursanbekov Muhammadyusuf Oybek o’g’li.//F.2023
7. “XIVA XONLIGI TARIXI VA XIX - XX ASRLARDAGI MADANIY MUHIT” Soliyeva Xurshida Qosimjonovna T. 2025-Yil
8. “TURKISTON O‘LKASIDAGI XORIJIY FUQAROLAR FAOLIYATI TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA)” Raximov Bektosh Elmurodovich.// “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami Samarqand-2025. 23-24-may
9. “TURKISTON MUXTORIYATI - TURKISTON XALQLARI DAVLATCHILIGI TARIXIDA YANGI BOSQICH” Xakimdjanova Zilola Gayratovna.//“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449
10. “TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI”Haqqulov Mehriddin Yunusovich.//T. 2023-yil
Sizning tahlillaringoz juda foydali bolibti.
ReplyDeleteRaxmat
DeleteTahlil uchun yaxshi manbalar tanlabsiz 😊
ReplyDeleteRaxmat
DeleteYaxshi
ReplyDeleteYaxshi tahlil qilingan zo'r
ReplyDeleteBuni tagida juda koʻp mehnat yotibdi tushunaman🫡( shanba kuni ham unversitet ga borganlar biladi😁)
ReplyDeleteTogri🙂
DeleteQoyile, sabringza bravo.
ReplyDeleteRaxmat
DeleteJuda zo'r tahlil qilingan. Bu juda foydali bo‘ldi men uchun👍👍
ReplyDeleteRaxmat
DeleteZor tahlil
ReplyDeleteZor chiqibti
ReplyDeleteExxe mehnatizga yarasha baho olasiz hali Shahribonu
ReplyDeleteVoy aytganiz kelsin raxmat❤️
Delete