Skip to main content

Voyant tools haqida fikrlarim

 


Voyant Tools – bu matnlarni raqamli tahlil qilish uchun mo‘ljallangan onlayn platforma. Uni ko‘pincha tarixchilar, lingvistlar, adabiyotshunoslar, talabalarga dars jarayonida matnlarni tez tahlil qilish uchun  ishlatishadi. 


Voyant Tools nima qiladi?Bu xizmat matnni yuklaysan → u avtomatik tahlil qiladi → natijani turli grafiklar, diagrammalar va statistik ko‘rinishda beradi.Asosiy imkoniyatlari1. Word Cloud (Kuchli so‘zlar buluti)Matndagi eng ko‘p uchraydigan so‘zlarni katta-kichik ko‘rinishda ko‘rsatadi.Matnning asosiy mavzusini tez tushunishga yordam beradi.2.So‘z chastotasi statistikasiQaysi so‘z necha marta ishlatilganini ko‘rsatadi.Buni Trends, Summary, Terms panelida ko‘rasan.3. Matnning umumiy ko‘rinishi Matn uzunligi.Gaplar soni.So‘zlar soni.O‘rtacha so‘z uzunligi.kabi ko‘rsatkichlarni beradi.







4. Diagrammalar (Trends).
Muayyan so‘z matn bo‘ylab qaysi joylarda ko‘p ishlatilganini grafikda ko‘rsatadi.Masalan, "davlat" so‘zi qaysi boblarda ko‘p uchrashini ko‘rishing mumkin.5. Matnni kontekstdan qidirish (Contexts)Biror so‘zni bosasan → u shu so‘z atrofidagi 3–5 ta so‘zni ko‘rsatadi.Bu usul matn mazmunini chuqur tushunishga yordam beradi.6.Bir nechta matnlarni solishtirish.2 yoki undan ko‘p matn yuklab, ularni taqqoslash mumkin.Masalan, ikki muallif uslubidagi farqlarni topish.


Qanday ishlatiladi?voyant-tools.org saytiga kirasan.PDF, TXT, DOCX yoki matnni nusxalab joylaysan.“Reveal” tugmasini bosasan.Chap, o‘ng va yuqori panel orqali tahlil natijalarini ko‘rasan.


Nima uchun foydali?Talabalar uchun — mavzuni tez tahlil qilish, referat yozishga tayyorlash.Tadqiqotchilar uchun — matnlardagi tendensiya, mavzular, asosiy tushunchalarni aniqlash.O‘qituvchilar uchun — matnlarni o‘rganishda interaktiv usul yaratish.





Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning