Voyant Tools haqida ustozimiz darsda tushuntirib berganlarida hammasi juda osondek tuyulgandi. Men hatto o‘zimcha: "Ha, birpasda bajarib qo‘yaman-ku!" deb yurgan edim. Ammo ishning amaliy qismiga kelganda voqealar kutilmagan tomonga burildi.Vazifa oddiyday ko‘ringan edi: bitta mavzu bo‘yicha 10 ta maqola yoki kitobdan iborat fayllarni yig‘ish, ularni ZIP papkaga solish va Voyant Tools orqali tahlil qilib, natijalarni HEMISga joylash. Ammo men uchun eng katta muammo – ZIP papka yaratish jarayoni bo‘ldi. Avvaliga "Mayli, oson-ku!" deb o‘yladim, ammo ertalabdan abedgacha urinib ham uddalay olmadim. Keyin o‘yladim: bo‘lmasa, fayllarning o‘zini yuklab qo‘yaman. Ammo bu safar esa boshqa qiyinchilik paydo bo‘ldi: fayllarni belgilab bo‘lsam, boshidagilari g‘oyib bo‘lib qolar, nomlar esa aralashib ketib, ba‘zilari ikki-uch nusxadan bo‘lib ketar edi. O‘sha paytdagi holatimni tasvirlab berish qiyin: bir tomondan kulgili, bir tomondan esa asabiylashtirardi. 🤣🤣🥴Oxiri: "Bo‘ldi, yetadi!" deb kompyuterimni yopib qo‘ydim.HEMISdagi topshirish muddati esa soat 23:00 da yakunlanishi kerak edi oʻsha paytgaham yaqinlashib qoldi. Keyin o‘zimga o‘zim jiddiy qaradim va dedim: "Dilmira, bu ishni qanday bo‘lsa ham bajarishing kerak!" Keyin sekin asabiylashmasdan qilishni boshladim hayriyatki oʻxshadi 10 ta file ni yuklay oldim keyin bosqichma bosqich ishlarni bajara boshladim. Bir nechta oynalar chiqar ekan,birinchi oynada osha 10 ta fayl ichidagi eng kop soʻzlar katta katta boʻlib chiqar ekan, uni ustoz oʻrgatgandek qildim va skrinshot qilib qoydim, keyingi oynalar ham deyarli shunga oʻxshash edi. Hullas hamma ishni ustoz oʻrgatgandek qilib tahlab hemisga joyladim va shunaqangi yengil tortdimki. Voyant toools haqida fikrimga kelsak,yaxshi foydali jihatlari kop ekan. Kitob tahlili uchunham foydasi tegadi dep oʻylayman.( Lekin bizni juda qiynadi😁!)
Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.
.jpg)

Ajoyib
ReplyDeleteRahmat
DeleteUstoz yaxshi baho qo’ysinlarda shuncha qiynalibsiz🤭
ReplyDeleteShuni aytin😁
DeleteTabriklayman zoʻr chiqibdi
ReplyDeleteRahmat Mashhur
DeleteOʻzi manzur keldimi bu sayt
ReplyDeleteUnchalikham emas
DeleteZor👍
ReplyDelete🏏⚡🔥🔥🔥⚡
ReplyDeleteFoydali maʼlumot boʻldi
ReplyDeleteMalades Dilmira juda ajoyib chiqibdi 🔥🔥🔥
ReplyDelete