Skip to main content

Voyant Tools haqida

 Voyant Tools . Men tarixiy matnlar bilan ko‘p ishlayman, shuning uchun matnlardagi so‘zlar, ularning takrorlanish darajasi va asosiy g‘oyalarni tezda tahlil qilish men uchun juda muhim. Shu sababli, bu vosita menga juda katta yordam berdi.




Avvaliga men Voyant Tools haqida internetda eshitdim va sinab ko‘rishga qaror qildim.  unga kirish juda oson. Hech qanday o‘rnatish yoki ro‘yxatdan o‘tish shart emas — faqat brauzer orqali ochish kifoya. Men o‘z matnimni yuklab, bir necha soniyada tahlil natijalarini oldim.



Voyant Tools matnni chuqur o‘rganish uchun bir nechta qulay oynalar bilan ishlaydi. Masalan, “Cirrus” oynasida matnda eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar bulut shaklida chiqadi — bu orqali matnning asosiy mavzusini tezda tushunish mumkin. “Trends” oynasi esa so‘zlarning matn davomida qanchalik tez-tez uchrashini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, “Contexts”, “Summary” va “Collocates” kabi bo‘limlar ham mavjud bo‘lib, ular orqali so‘zlarning atrofidagi ma’nolarni, umumiy hajmni va matnning statistik holatini bilish mumkin.





Men Voyant Tools yordamida bir nechta tarixiy matnlarni, jumladan, O‘rta asrlar tarixiga oid manbalarni tahlil qilib ko‘rdim. Natijada, ayrim so‘zlar qanchalik ko‘p ishlatilganini va ular qaysi mavzuga tegishli ekanini aniqlash oson bo‘ldi. Masalan, “xon”, “urush”, “xalq”, “davlat” kabi so‘zlar eng ko‘p uchragan, bu esa matnning siyosiy tarix bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. 

Voyant Tools’ning eng yoqqan jihati — u bepul va onlayn ishlaydi. Shuningdek, siz natijalarni rasm, jadval yoki hisobot sifatida yuklab olishingiz mumkin. Agar siz ham ilmiy ish, maqola yoki referat yozayotgan bo‘lsangiz, Voyant Tools sizga kerakli tahlillarni tezda beradi.




Xulosa qilib aytganda, Voyant Tools — bu nafaqat tadqiqotchilar, balki har qanday matn bilan ishlaydiganlar uchun foydali vosita.




Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning