Skip to main content

Voyan.Tool platformasidan foydalanishdagi xatolarim

 

Raqamli tarix fanida o‘rganilgan mavzular doirasida men Voyan Tools platformasidan foydalanib, Amir Temurga oid o‘nta tarixiy faylni tahlil qildim. Bu jarayon menga nafaqat tarixiy manbalar bilan ishlash tajribasini berdi, balki raqamli muhитда matnlarni tahrirlash, ularni bir-biriga solishtirish va mazmuniy xulosalar chiqarish ko‘nikmamni ham mustahkamladi. Avvaliga ushbu vazifa oddiy tuyulgandek bo‘ldi, ammo amalda tarixiy matnlarni qayta ishlash ancha mas’uliyatli jarayon ekanligini angladim. Dastlabki bosqichda men katta xatoga yo‘l qo‘ydim: Voyan Tools platformasiga bir vaqtning o‘zida ham kirill alifbosida, ham lotin alifbosida yozilgan fayllarni yuklab, ularni birvarakayiga tahrirlashga kirishdim. O‘sha paytda platforma turli yozuv tizimlarini qanday qayta ishlashini yetarlicha bilmaganman. Natijada fayllar aralashib ketdi, ayrim so‘zlar noto‘g‘ri o‘qildi, ba’zi gaplar esa keraksiz tarzda buzilib qoldi. Tahririm ham sifat jihatidan juda yomon chiqdi. Bu holat menga raqamli vositalar bilan ishlashda diqqat, tartib va izchillikning qanchalik muhim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi. Shuningdek, matnlarni alohida-alohida yuklab, ularni bir xilda formatlash zarurligini tushundim. Shundan so‘ng ishni boshidan to‘g‘ri tartibda qayta boshladim. Fayllarni ikki toifaga ajratdim: kirilldagi manbalarni alohida, lotindagilarni alohida qayta yuklab, tartiblab chiqdim. Har bir matnni diqqat bilan tahrirlab, kerakli joylarini to‘g‘rilab, mazmunini buzmagan holda aniq ko‘rinishga keltirdim. Bu jarayon vaqt talab qildi, lekin olingan natija avvalgidan ancha sifatli bo‘ldi. Amir Temurga oid ushbu o‘nta manbaning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, unda buyuk sarkardaning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi, adolat tamoyillari va ilm-fanga e’tibori haqida turlicha ma’lumotlar berilgan. Ba’zi manbalarda uning siyosiy strategiyasi yoritilgan bo‘lsa, boshqa manbalarda madaniy hayotga qo‘shgan hissalari haqida so‘z boradi. Men ushbu manbalarni taqqoslab, tarixiy voqealarning turli rakursda yoritilishini yanada chuqurroq anglab yetdim. Tahlil jarayonida Amir Temurning shaxsiyati haqida umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, u o‘z davrining eng iste’dodli arboblaridan biri bo‘lgan. Uning qat’iyati, adolatparvarligi, davlat qurilishiga bo‘lgan yondashuvi va qo‘shin boshqaruvidagi mahorati uni tarix sahnasida benazir shaxs sifatida namoyon qiladi. O‘rganilgan manbalarda ayrim tafsilotlar turlicha berilgan bo‘lsa-da, barchasining umumiy mazmuni bir nuqtaga borib taqaladi: Amir Temur o‘z davlati uchun ulkan xizmat qilgan buyuk tarixiy shaxsdir. Voyan Tools orqali manbalarni tahrir qilish menga katta tajriba berdi. Ayniqsa, formatlashdagi xato tufayli yuzaga kelgan muammolar kelgusida yanada ehtiyotkor bo‘lishim kerakligini o‘rgatdi. Endilikda men tarixiy matnlarni raqamli platformalarda qayta ishlashni ancha puxta tushundim. Eng muhimi, bu jarayon menga tarixga qiziqishimni yanada kuchaytirib, Amir Temur siymosini chuqurroq idrok etishimga yordam berdi.

Comments

  1. Chin yurakdan yozibsan sen qiynalganing koʻrib menam qiynalib kettim🥲😂

    ReplyDelete
  2. Ha bildim juda ko'p qiynalibsiz shu tepada yozgan joyizdan men ham qilgaan xato

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning