Xitoy tili grammatikasi boshqa tillardan ancha farq qiladi, chunki u flektiv yoki agglutinativ emas, balki analitik til bo‘lib, so‘zlar ko‘proq tartib va qo‘shimcha so‘zlar orqali bog‘lanadi.
Xitoy tilida fe’llar zamanga ko‘ra o‘zgarmaydi, ismda kelishik qo‘shimchalari bo‘lmaydi, sifatlar esa fe’l vazifasida ham kelishi mumkin. Shuning uchun grammata tuzilishining asosiy elementlari so‘z tartibi, ko‘rsatkichlar, yordamchi so‘zlar va intonatsiyadir.
Asosiy grammatik tushunchalar
1) So‘z tartibi (语序 yùxù) — gap tuzishda eng muhim vosita. Asosiy tartib: S-O-V (Subyekt + Holat/To‘ldiruvchi + Fe’l). Masalan: 我(S)明天(O)去(V)北京。
2) O‘lchov so‘zlari (量词 liàngcí) — otlar bilan son yoki ko‘rsatkich qo‘shilganda ishlatiladi. Masalan: 一个人, 三本书.
3) Aspekt yordamchilari — fe’lning davomiyligi yoki yakunlanganligini bildiradi: 了, 过, 着.
4) Modal zarralar (语气助词) — gap ohangini bildiradi: 吗 (savol), 呢 (davam yoki qarama-qarshi savol), 吧 (taklif/ ehtimol), 啊 (hissiy).
5) Egaga ko‘ra fe’l o‘zgarmasligi — fe’lning shakli kim bajarishidan qat'i nazar o‘zgarmaydi.
6) Vaqt bildiruvchi so‘zlarning joyi — vaqt odatda subyektdan keyin keladi.
---
Muhim grammatikalar va ta’riflari
1) “了” (le) – yakunlanganlik aspekti
Harakat tugaganini bildiradi.
我吃了饭 — "Men ovqat yedim."
2) “着” (zhe) – davomiylik
Fe’lning davom etayotganini ko‘rsatadi.
他笑着说 — "U kulib gapirdi."
3) “过” (guò) – tajriba
Oldin bir marta bo‘lgan harakat.
我去过上海 — "Men Shanxayda bo‘lganman."
4) “在” (zài) – hozirgi davomiy harakat
我在学习 — "Hozir o‘qiyapman."
5) “把” (bǎ) tuzilmasi
Obyektni oldinga chiqaradi, natijaga urg‘u.
我把书放在桌子上。
6) “被” (bèi) – majhul nisbat
他被老师批评了 — "U o‘qituvchi tomonidan tanqid qilindi."
7) Sifat + 得 (de) + ravish holati
他跑得很快 — "U juda tez yuguradi."
8) Fe’l takrori (AABB / ABB)
Yumshoq ma’noda takrorlanish.
看看 (bir ko‘rib qo‘y), 想想 (o‘ylab ko‘r).
9) “虽然…但是…” – qarama-qarshilik
虽然下雨,但是他来了。
10) “因为…所以…” – sabab-natija
因为我生病了,所以没去。
11) “如果…就…” – shart
如果你来,我就高兴。
12) “还 / 也 / 都” – kiritma so‘zlar
我也去 — "Men ham boraman."
他们都喜欢 — "Ularning hammasi yoqtiradi."
13) So‘roq shakllari
1. 吗 bilan: 你好吗?
2. Wh-so‘roq: 你去哪儿?
14) “比” – taqqoslash
他比我高 — "U mendan balandroq."
15) “从…到…” – vaqt/joy oralig‘i
从早上到晚上。
16) “先…再…” – ketma-ketlik
先吃饭再学习。
17) “的时候” – vaqtda
我来的时候。
18) “除了…以外” – bundan tashqari
除了他以外,大家都来了。
19) “对于…来说” – nuqtai nazaridan
对于学生来说很重要。
20) “被动句” – majhul gap
Bèi bilan yoki holda.

Yaxshi
ReplyDelete