Yangi davrda yoshlar tinglovchi, balki islohotchi hamdir.
Yangi davrda yoshlar nafaqat tinglovchi, balki islohotchi hamdir – bu ta’rif yoshlar jamiyat rivojida faol ishtirok etishi va o‘zgarishlarni boshqarish qobiliyatlarini anglatadi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yoshlarning ijtimoiy faolligi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik ruhida voyaga yetishlari ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Bugungi kunda dunyo tez sur’atlar bilan o‘zgarib bormoqda. Texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, global muammolar – bularning barchasi yangi davrning belgilaridir. Bu o‘zgarishlar orasida yoshlar markaziy o‘rinda turadi, ular nafaqat tinglovchi, balki islohotchi kuch sifatida maydonga chiqmoqda. “Yangi davrda yoshlar tinglovchi, balki islohotchi hamdir” degan fikr bunga yaqqol dalildir.
Yangi davr sharoitida yoshlarning
roli yanada oshib, hukumat tomonidan yoshlar siyosatiga alohida e’tibor
qaratilmoqda va davlat rahbari tomonidan “Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning
tayanchi” konsepsiyasi asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu
jarayonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, innovatsion g‘oyalari, siyosiy
partiyalar va fuqarolik jamiyatidagi faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Ular milliy g‘urur va qadriyatlar asosida, “Yangi O‘zbekiston bunyodkori”
sifatida yangi dunyo va taraqqiyot uchun yangicha fikrlash uslubini
shakllantiradi. Bu esa davlat rivojida chuqur, ijobiy o‘zgarishlarni amalga
oshirishga xizmat qiladi va mamlakatning uzoq muddatli barqarorligini
ta’minlaydi.
Yoshlar nafaqat ta’lim olish, ishga
joylashish, balki jamiyat taraqqiyotida, iqtisodiyot, madaniyat, sport,
ekologiya va ma’naviyat sohalarida ham yetakchilar bo‘lib faoliyat yuritmoqda.
Ular ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar orqali o‘z fikrlarini bildiradi, balki
korrupsiyaga, ilmsizlik, madaniyatsizlik kabi jamiyat rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi omillarga qarshi kurash kabi muhim yo‘nalishlarda faol tashabbus
ko‘rsatmoqda. Siyosiy faollikni oshirish, yoshlar parlamenti va boshqa yoshlar
tashkilotlari orqali o‘z ovozini yetkazish imkoniyatlari doimiy ravishda
yaratib berilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yangi davrda
yoshlar tinglovchi sifatida faqat o‘tganlardan saboq olish bilan cheklanmay,
balki faol islohotchi sifatida o‘z jamiyatini, davlatini rivojlantirishda
yetakchi kuchga aylanmoqda. Bu jarayonda ularning roli va imkoniyatlari doimiy
ravishda kengayib bormoqda va bunday yondashuv mamlakatning ijtimoiy-siyosiy
barqarorligi hamda iqtisodiy yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Hurmatli kursdoshlar sizlar nima deysizlar yuqorida ko'tarilgan masalaga, yangi davrda biz eshituvch bo'lamizmi yoki islohotchi...!


Yaxshi chiqibdi
ReplyDeleteThis comment has been removed by the author.
DeleteHa Ismoil biz hozirgi kunda davaltizmni tayanchi sifatida asosiy islohatchi qatlam sifatida ham tinglab ham bo'layotgan voqealarni hozirgi kundagi global jarayonlarga mos ravishda islohatqlishimiz va islohatchi bo'lishimiz kerak
ReplyDeleteThis comment has been removed by the author.
DeleteNasib qilsa yangi Oʻzbekistonni biz yoshlar birga quramiz. Omad.
ReplyDeleteThis comment has been removed by the author.
Delete