Zotero yordamida kitoblar, ilmiy maqolalar, veb-sahifalar, PDF fayllar, web sahifalar snapshotlari va boshqa turli manbalarni bitta raqamli kutubxonada saqlash, tartibga solish va boshqarish mumkin.
Zotero brauzer kengaytmasi (connector) bilan birgalikda ishlaydi: agar siz biror ilmiy maqola, veb-sahifa yoki katalog sahifasidasiz — bir bosish bilan toʻliq ma’lumotni va (agar mavjud bo‘lsa) PDF attachments bilan birga saqlab olishingiz mumkin.
Kutubxonadagi manbalarni collections (toʻplamlar) va subcollections, shuningdek tag yordamida guruhlash va belgilar bilan tartiblash mumkin. Bu ko‘p manbalarni oson topishga yordam beradi.
Zotero matn muharrirlari bilan integratsiyaga ega: masalan, Microsoft Word, LibreOffice, Google Docs va boshqalar — bibliografiyalar va iqtiboslarni avtomatik yaratishingiz mumkin.
Zotero koʻplab iqtibos uslublarini qoʻllab-quvvatlaydi (APA, MLA, Chicago, va minglab ilmiy jurnal yoki nashrlarga mos uslublar), va xohlagan vaqtda iqtibos uslubini butun hujjat uchun almashtirish mumkin.
Agar xohlasangiz, Zotero onlayn hisob orqali kutubxonangizni “sync” qilib, referenslaringizni bir nechta kompyuter va qurilmalarda saqlash va ularga istalgan joydan kirishish mumkin — bu ham oson.

Ajoyib u baribir boshqacha😅
ReplyDeleteDemak kompyuterni bilasiz
ReplyDeleteZur
ReplyDelete