Zotero — bu ilmiy manbalarni yig‘ish, tartiblash va ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun ishlab chiqilgan bepul dastur bo‘lib, u talabalar, o‘qituvchilar, magistrantlar, tadqiqotchilar va bloggerlar uchun juda qulay. Dastur yordamida siz internetda uchraydigan maqola, kitob, sayt, PDF hujjat yoki boshqa ilmiy ma’lumotni birgina bosish orqali o‘z kutubxonangizga qo‘shib borasiz.
Zoteroning eng qulay funksiyalaridan biri — manbalarni tartiblash imkoniyati. Siz mavzu yoki loyiha nomiga qarab alohida papkalar yaratib, har bir manbani o‘sha papkaga joylashtirasiz. Bu esa keyinchalik kerakli materialni tez topishga juda yordam beradi.
Shuningdek, dastur PDF fayllar bilan ishlashni osonlashtiradi: hujjat ichida belgilash, izoh qo‘yish, muhim joylarni rang bilan ajratish mumkin. Bu ilmiy matnlarni tahlil qilishni ancha qulay qiladi.
Agar siz Zotero hisobiga kirib ishlasangiz, qo‘shilgan manbalar internet orqali saqlanadi va boshqa kompyuter yoki telefon orqali ham ochish mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa ko‘p qurilmadan ishlaydiganlar uchun qulay.
Dasturga turli plaginlar qo‘shish mumkin bo‘lib, ular yordamida yangi iqtibos uslublarini qo‘shish, PDF fayllarni avtomatik nomlash, hatto bibliografiyani onlayn bo‘lishish imkoniyati ham mavjud.
Zo'r yaxshi chiqibdi
ReplyDeleteYaxshi
ReplyDeleteZoʻr
ReplyDelete