Raqamli tarix darslarida biz juda ko'p saytlar, ilovalardan foydalanishni o'rgandik. Ular orasida omeka.net, voyantools, academia edu, gapminder, zotero, blogger va boshqa saytlardan foydalanish usulini o'rgandik. Shu saytlar orasida biz uchun eng qulay, eng kam vaqt, eng kam energiya sarflagan saytimiz bu-ZOTERO sayti edi. Talaba bo‘lasizmi, magistr, tadqiqotchi yoki o‘qituvchi, ilmiy ish yozayotgan har bir kishi ko‘plab maqola, kitob, sahifa va online manbalar bilan ishlashga majbur. Shunday paytda tartibli va tezkor yordamchi vosita kerak bo‘ladi. Ana shunday vositalarning eng qulaylaridan biri bu Zotero.org.
Zotero bepul, ochiq manbali bibliografiya boshqarish tizimi bo‘lib, u foydalanuvchilarga ilmiy manbalarni yig‘ish, saqlash, guruhlash, izohlash va avtomatik tarzda bibliografiya yaratish imkonini beradi. U 2006-yildan beri faoliyat yuritadi va bugungi kunda dunyo bo‘ylab millionlab tadqiqotchilar, professorlar, talabalar va jurnalistlarning eng ishonchli ilmiy yordamchisiga aylangan. nternetdagi maqolani ko‘rib turganingizda, brauzerning yuqori qismida Zotero tugmasi paydo bo‘ladi va birgina bosish bilan manba to‘liq bibliografik ma’lumotlari bilan saqlanadi. Bu ayniqsa Google Scholar, JSTOR, Academia.edu, ResearchGate, Springer, Elsevier kabi saytlar uchun juda qulay. Endi kitobning ma’lumotlarini qo‘lda terishning hojati yo‘q.
Bu ilovadan foydalanishdan oldin eng avvalo ro'yxatdan o'tiladi. Hamda bu ilova orqali o'zingiz uchun yangi profil yartasiz. Bu ilovadan foydalanayotganlar uchun kutubxona, elektron saytlar sizga kerak bo'lmaydi. Siz bu sayt orqali nafaqat o'zingiz uchun kutubxona yaratishingiz mumkin. Zotero foydalanuvchilarga o‘z manbalarini papkalar orqali tartiblaydi. Masalan, sizda alohida “Diplom ishi”, “Maqola”, “Kurs ishi”, “Tarix”, “Pedagogika” kabi bo‘limlar bo‘lishi mumkin. Har bir manbaga izoh qo‘shish, skrinshot biriktirish, PDF faylni yuklash, taglar qo‘yish mumkin. Bu tartibni yo‘qotmaslik va kerakli manbani soniyalar ichida topishni ta’minlaydi.Bibliografiya yaratish Zotero'da eng yengil jarayonlardan biri. Talab qilinadigan uslubni tanlaysiz xolos: APA, MLA, Chicago, Harvard yoki mahalliy talablar bo‘yicha yuzlab formatlardan birini tanlash mumkin. Bir necha manbani belgilaysiz, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosasiz va "Create Bibliography" funksiyasini tanlaysiz. Natijada bir necha soniyada tayyor ro‘yxat hosil bo‘ladi.
Zotero Microsoft Word, Google Docs va LibreOffice uchun maxsus kengaytmaga ega. Bu siz ilmiy ish yozayotganda havolalarni avtomatik qo‘shish, o‘zgartirish va bibliografiyani bir zumda yangilash imkonini beradi. Agar matnda manba o‘zgarsa, bibliografiya ham o‘z-o‘zidan yangilanadi.
Zotero Sync funksiyasi bilan barcha materiallaringiz bulutda saqlanadi. Bir nechta kompyuterda ishlasangiz ham, barcha ma’lumotlaringiz sinxron holda turadi. Bu mobil hayot tarziga moslashgan tadqiqotchilar uchun ayniqsa qulay.
Shuningdek, Zotero’da guruhlar yaratish imkoniyati mavjud. Jamoaviy ilmiy ishlar, loyihalar yoki ilmiy markazlar uchun bitta umumiy manba bazasi yuritish mumkin. Har bir a’zo manbalarni qo‘shishi, tartiblashi yoki izoh qoldirishi mumkin.
Men bu ilovadan foydalanib o'zim uchun kerakli bo'lgan kutubxonamni yaratdim. O'zim uchun kolleksiyalar ham yaratdim. Zotero.org ilmiy manbalar bilan ishlashni bir necha barobar osonlashtiradigan, vaqtni tejaydigan va tartibni mustahkamlaydigan qudratli vosita. Ilmiy ish yozayotgan har bir inson uchun bu ilova haqiqiy yordamchiga aylanadi. Agar siz ham manbalarni tartib bilan saqlashni, bibliografiyani avtomatik yaratishni va ilmiy izlanish jarayonini yengillashtirishni istasangiz, Zotero siz kutgan vosita.
👍👍
ReplyDeleteQoyillarim
ReplyDeleteUdaree
ReplyDeleteZoʻr chiqibdi bravo
ReplyDelete