So‘nggi vaqtlarda ilmiy ish, referat yoki biror tadqiqot ustida ishlayotganlar uchun eng katta muammo — manbalarni tartibga solish. Kimdir Wordda alohida ro‘yxat tuzadi, kimdir brauzerda yuzlab ochiq qoldirilgan linklar orasida adashib ketadi, boshqasi esa bibliografiyani qo‘lda teraverib charchaydi. Men ham shu kategoriyalardan birida edim. Bir kuni tasodifan Zotero haqida eshitdim va sinab ko‘rishga qaror qildim. Rostini aytsam, ishlatib ko‘rgach, bunday qulay vositani avvalroq bilmaganimdan afsuslandim.
Zotero - bu manbalarni tartibga solish, saqlash, guruhlarga ajratish va eng asosiysi, sitata va bibliografiya yaratishni avtomatlashtiruvchi bepul dastur. Eng yoqimli tomoni shundaki, uni o‘rnatish juda oson: kompyuterga Zotero ilovasini qo‘yasiz, brauzerga esa kichik plagin o‘rnatasiz. Shundan so‘ng internetdan topgan har qanday maqola, kitob, PDF yoki hatto YouTube videosini bitta tugma bilan saqlab qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Sitata yaratish jarayoni esa umuman alohida mavzu. Oldin APA, MLA yoki Chicago formatlarida manbalarni qo‘lda tuzatib o‘tirardim. Zotero esa bitta kombinatsiya bilan tayyor qilib beradi. Word yoki Google Docs bilan integratsiyasi ham bor: matn ichiga qo‘shmoqchi bo‘lgan sitatani tanlasam kifoya - o‘zi formatlab qo‘yadi. Ish oxiriga kelganida esa “Bibliography yaratish” tugmasini bosaman va barcha manbalar chiroyli tartibda tayyor bo‘ladi.Yana bir foydali funksiya - sinxronizatsiya. Agar uyda boshlagan ishni kutubxonada yoki ishxonada davom ettirmoqchi bo‘lsam, o‘sha hisobga kirib barcha materiallarni ko‘rib ketaveraman. Bu esa bir joyda ishlay olmaydigan, har xil muhitda o‘qiydiganlar uchun ayni muddao.
Zotero yordamida ishlash jarayoni nafaqat tezlashdi, balki ancha yengillashdi. Endi manba qidirish, saqlash, tartiblash yoki sitata yaratish uchun ortiqcha bosh qotirmayman - e’tiborim to‘liq yozayotgan mavzuga qaratiladi. Menimcha, ilmiy ish qilayotgan har kim uchun Zotero hozirgi davrda eng kerakli vositalardan biri bo‘lib qolgani bejiz emas.
Agar hali sinab ko‘rmagan bo‘lsang, albatta bir marta ishlatib ko‘r. Ehtimol, men kabi sening ham “nega buni avval bilmaganman?” degan savoling qoladi.Postimni oʻqiganlariz uchun rahmat ❤️.






Billura zoʼr🔥🔥🔥🔥
ReplyDeleteZo'r gap yuq
ReplyDeleteRahmat
DeleteOfarin
ReplyDeleteMenga ham yozing cament 👍👍👍
ReplyDeleteHop boʻladi
DeleteZor
ReplyDelete