Zotero – bu ilmiy manbalarni saqlash, tartiblash va avtamatik ravishda havola yaratish uchun mo‘ljallangan bepul referens-menejer dasturi bo‘lib, u talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi barcha insonlar uchun juda katta qulaylik yaratadi.
Zotero yordamida maqola, kitob, jurnal, veb-sahifa, dissertatsiya yoki hatto videodagi ma’lumotlarni boshqarish, ularni bir joyda yig‘ish va yozayotgan ishga avtomatik tarzda qo‘shish mumkin.
Zotero eng asosiy jihati shundaki, har qanday manbani bir zumda saqlaydi, Word hujjatiga havolalarni avtomatik kiritadi va bibliografiya ro‘yxatini bir soniyada tayyorlaydi. Masalan, internetda maqola topsangiz, brauzer burchagida Zotero ikonkasini bosish kifoya – manba muallifi, sarlavhasi, yili, sahifalari, nashriyoti yoki URL manzili bilan birga avtomatik tarzda Zotero kutubxonangizga qo‘shiladi.
Zotero Word dasturi bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, Wordga maxsus panel qo‘shadi. Matn ichida havola qo‘shish uchun faqat “Add citation” tugmasini bosasiz, manba nomini yozasiz va Zotero avtomatik ravishda kerakli formatda havola yaratadi. Zoteroning eng katta ustunligi – uning bepul ekanligi, va ishlatish juda sodda hamda talabalar uchun ham juda foydalidir.



Comments
Post a Comment