Biz MOXT yoʻnalishi 2-kurs talabalari raqamli tarix darslarida biz juda ko‘p turli xil saytlar va raqamli vositalarni sinab ko‘rdik. Ba’zilarida ro‘yxatdan o‘tish qiyin bo‘lsa, ba’zilarida ma’lumot topish yoki uni saqlab qo‘yish ancha vaqt olardi. Lekin shu jarayonda bir ilova borligini ko‘rdimki, u haqiqatan ham talaba uchun eng qulay, eng tez va eng tartibli-bu Zotero bo‘ldi😎 Zotero menga eng yoqqan tomoni ilmiy manbalarni yig‘ish jarayonini butunlay yengillashtirib yuborishi. Avvallari internetdan maqola topib, bibliografiyani o‘zim terib chiqishimga to‘g‘ri kelardi, bu esa vaqtni ham olardi, xatolik ham chiqardi. Zotero esa bu ishni bitta tugma bilan bajaradi. Internetda manbani ko‘rib turganingizda darrov qo‘shib qo‘yadi, hatto sahifadagi ma’lumotlarni avtomatik to‘ldirib beradi.
Men bu ilovadan foydalanishni boshlaganimda, hammasi juda oddiy ekanini bildim desam aldagan boʻlaman😃Avvalo hisob ochdim, keyin o‘zimga kerak bo‘lgan papkalarni yaratdim. “Mustaqil ish”, “pedagogika”, “tarix”, “maqolalar” kabi bo‘limlarimni tuzdim. Endi qaysi mavzuda ishlashim kerak bo‘lsa, manbalarni izlab vaqt sarflamayman — hammasi Zotero’da tartib bilan turadi. Zotero o‘zim uchun kichkina shaxsiy elektron kutubxonaga aylandi desam bo‘ladi. Har bir manbaga izoh qo‘shaman, kerak bo‘lsa rasm yoki PDF-ni biriktiraman. Eng yaxshi tomoni — hammasi bir joyda saqlanadi va istalgan vaqtda ochib ko‘rishim mumkin.
Bibliografiya tuzish esa Zotero’da juda oson. Talab qilingan uslubni tanlaysiz xolos — APAmi, Chikagomi yoki Harvardmi. Bir nechta manbani belgilab, bibliografiyani tayyorlab olasiz. Ilmiy ish yozayotgan talaba uchun bundan qulaylik bo‘lmasa kerak. Word yoki Google Docs bilan ulangan bo‘lgani uchun matnga havola qo‘shish, uni keyin o‘zgartirish yoki yangilash ham muammo bo‘lmaydi. Manbada o‘zgarish bo‘lsa ham, tizim avtomatik tarzda bibliografiyani ham yangilab beradi. Zotero’dagi Sync funksiyasi menga juda yoqdi. Chunki kompyuter o‘zgarsa ham, boshqa joyda ishlasam ham — barcha manbalarim o‘sha-o‘sha. Hech narsa yo‘qolmaydi, hammasi bulutda saqlanib turadi. Jamoa bo‘lib ishlash imkoniyati ham bor. Agar guruh bo‘lib biron loyiha qilinayotgan bo‘lsa, umumiy papka ochib, manbalarni bir joyga yig‘ish mumkin. Ilmiy ish yozayotganda yoki mustaqil ish tayyorlayotganda vaqtim anchagina .
Xulosa qiladigan boʻlsam , Zotero — ilmiy manbalar bilan ishlashni ancha yengillashtiruvchi qulay yordamchi. Agar kimdir ilmiy ish yozayotgan bo‘lsa yoki manbalar bilan ko‘p ishlasa, men albatta Zotero’dan foydalanishni tavsiya qilaman. Chunki vaqtni ham, energiyani ham tejaydi, eng muhimi — tartibni saqlaydi.



Bu saytda juda foydali ekan
ReplyDeleteSizni fikirlaiz ham to'g'ri ozgina kengaytirish kerak.
Aynan ushbu sayt haqida malumotlar kerak edi manga, manfaatli bo'ldi. Juda zo'r👍👍👍
ReplyDeleteYaxshi yoritib bergansiz
ReplyDeleteJuda zoʻr👍
ReplyDeleteBu biroz bachkana chiqqan oʻtgan safargi juda yaxshi va creative edi. Bu safargi esa qobiq ichida yozilgan qiziqarli talabani jalb qiladigan narsa yoza olmagansiz tanqidlarni trio qabul qilib oʻzgartirasiz degan umiddaman
ReplyDeleteYaxshi yorittibsiz
ReplyDeleteAjoyib yozibsiz
ReplyDelete