Skip to main content

Zoterooo. Suhrob

 Raqamli tarix fanidan bo‘lgan darsimiz juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Darsni ustozimiz Taylakov To‘ychi olib bordilar. U kishi bizni zamonaviy tarixchi qanday ishlashi kerakligi bilan tanishtirib, ilmiy manbalarni raqamli tartibda saqlash va boshqarish uchun Zotero dasturidan foydalanishni o‘rgatdilar. Ustozning aytishlaricha, hozirgi zamonda tarixni o‘rganishda faqat kitob bilan cheklanib qolish yetarli emas, balki raqamli platformalar bilan ham ishlash zarur ekan.Barchamiz telefon va kompyuterlarimiz orqali saytga kirib, ro‘yxatdan o‘tdik. Dastlab ayrim o‘quvchilar qiyinchilikka duch keldi, kimdir parolini unutdi, kimdadir internet sekin ishladi. Shunga qaramay, sinfda bir-biriga yordam berish muhiti shakllandi va hamma jarayonga qiziqish bilan kirishdi. Ustoz har bir bosqichni doskada ko‘rsatib, qadam-baqadam tushuntirib bordilar.

Keyin bizga topshiriq berildi: har kim o‘ziga bir tarixiy mavzu tanlab, shu mavzu bo‘yicha internetdan ilmiy maqola yoki kitob topib, uni Zotero kutubxonasiga joylashi kerak edi. Kimdir Amir Temur davrini tanladi, kimdir jadidchilik harakatiga oid manbani yukladi, yana kimdir mustaqillik yillaridagi islohotlar bo‘yicha maqola topdi. Biz yuklagan manbalar dastur tomonidan avtomatik ravishda muallifi, yili, nomi va nashri bilan tartiblab berildi.Eng hayratlanarli jihati shundaki, ilgari adabiyotlar ro‘yxatini qo‘lda yozib, ko‘p vaqt sarflardik va xatolarga yo‘l qo‘yardik. Endi esa birgina tugma orqali tayyor va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bibliografiya hosil bo‘layotganini ko‘rib, barchamiz quvondik. Ustoz ishlarimizni tekshirib, qaysi manba ishonchli, qaysilari bilan ehtiyot bo‘lish kerakligini ham tushuntirdilar.

Dars yakunida Taylakov To‘ychi shunday dedilar: “Sizlar kelajakda ilmiy ishlar yozganingizda mana shu dastur sizning eng yaqin yordamchingiz bo‘ladi. Zamonaviy tarixchi raqamli texnologiyalar bilan ishlay olishi shart”. Bu so‘zlar bizni yanada izlanishga, mustaqil ishlashga undadi.Shu darsdan keyin raqamli tarix faniga bo‘lgan qiziqishimiz yanada oshdi. Biz endi referat, taqdimot va loyihalarni ancha oson, tez va sifatli tayyorlash mumkinligini angladik. Bu mashg‘ulot biz uchun ilmiy izlanishga kirishishda muhim bir qadam bo‘ldi.


Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

Omeka.net haqida qoʻllanma.

  Salom, do'stlar! Bugun sizga juda qiziqarli tajribamdan aytib o'tmoqchiman. Men Omeka.net platformasida bepul sayt ochdim va unda o'z digital kolleksiyamni yaratdim. Bu – ochiq kodli vosita bo'lib, muzeylar, kutubxonalar va oddiy foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Agar siz fotosuratlar, hujjatlar yoki boshqa materiallarni onlayn arxivlashni bosqichma bosqich tushintirib beraman.

Sun'iy intellektlar jangi

  Assalomu alaykum hurmatli blogger obunachilari. Men bu yerda 24.10.2025-y Raqamli tarix fanidan mumkin debat haqida oʻz fikrim va mulohazalarimni yoritmoqchiman. Yani sunniy intellektlar oʻrtasida qaysi biri afzalroq aytib oʻtmoqchiman. Birinchi boʻlib 1 guruhga berilgan Cloud intelektiga va ularni olib chiqqan chiqishga mulohazam.    

Virtual muzeylar nima? Europeana Collections

Virtual muzeylar nima? Virtual muzey – bu jismoniy obyektlarning raqamli nusxalari (fotosurat, 3D model) yoki “raqamli paydo bo‘lgan” (born-digital) materiallarni o‘z ichiga olgan onlayn platformadir. Ular bizga uydan chiqmasdan turib dunyoning