Assalomu alaykum! 😊 Bugun sizlarga Zotero dasturi haqida qisqacha maʼlumot bermoqchiman. Zotero – bu ilmiy tadqiqotlar uchun ajoyib vosita. U sizga manbalarni to‘plash, tartibga solish va iqtiboslar yaratishda yordam beradi.
Uning tarixiga keladigan boʻlsak, u 2006-yilda AQShdagi George Mason universitetining Tarix va yangi media markazida yaratilgan. 2008-yildan beri Corporation for Digital Scholarship tomonidan rivojlantiriladi.
Zoteroning asosiy imkoniyatlari haqida bilganlarimni ulashmoqchiman . Zotero avvalambor manbalarni tez to‘plash: veb-sahifalar, kitoblar, maqolalarni avtomatik saqlash va PDF fayllarni yuklab olish, tashkillashtirish: kutubxona, to‘plamlar, teglar va qidiruvlar orqali manbalarni boshqarish. iqtiboslar va adabiyotlar ro‘yxati: Word, Google Docs va LibreOffice bilan ishlaydi; APA, MLA, Chicago va boshqa uslublarni qo‘llab-quvvatlaydi,sinxronizatsiya va hamkorlik: turli qurilmalar va guruh kutubxonalari orqali ishlash imkoniyatini beradi.
Nega aynan Zotero degan savolga kelsak.
Foydalanuvchi maʼlumotlari xavfsiz.
Iqtibos xatolari kamayadi.
lmiy ishlar tezroq tayyorlanadi.
Agar sizga bu maʼlumotlarim foydali bo‘lgan boʻlsa, comment qoldiring! 👍



Yaxshi tahlil qilibsiz
ReplyDeleteTahliliz zor gap yuq
ReplyDeleteVashshi zoʻr
ReplyDeleteBuladi
ReplyDelete