Salom, kursdoshlar! Zotero haqida “eng zo‘r, bepul, hamma narsa avtomat” deb yozib yurganlarini o‘qigan bo‘lsangiz, bugun men boshqa tomonini ham ochiq aytaman.
Yaxshi tomonlari haqida (qisqacha):Bir marta bosishda PDF + bibliografiya saqlaydi, Word bilan integratsiya – hayotni osonlashtiradi, Bepul 300 MB bulut
Endi haqiqiy muammolar (men o‘zim boshdan kechirganlar)
O‘zbek tilidagi manbalar bilan janjal oʻzbek manbalrda mumomo bor– Zoteroning brauzer kengaytmasi bularni koʻp hollarda to‘g‘ri tanimaydi. Natijada qo‘lda yozasan, qo‘lda tuzatasan. Rus tilidagi manbalarda ham xuddi shu muammoga duch keldim.
PDF annotatsiyadagi muomosi–Yuklab olingan PDF ichida marker bilan belgi qo‘ysangiz – hammasi joyida. Lekin keyin kompyuterni o‘chirib yoqsangiz, belgilar yo‘qoladi yoki boshqa kompyuterda ochilmaydi. (2025 yil bo‘lsa ham!).
300 MB juda tez tugaydi Bir qancha katta fayl va joy tugadi. Yoki pullik tarif (6$/oy)Bepuligi hisobga olin ha mayli.
Mobil ilova – “bor, lekin yo‘q” nima demoqchiman yani ilovada har safar kirganda username parol yozish kerak bazida shunda ham kirmaydi parol yoki username hato deydi.
Android/iOS’da PDF ochib o‘qish mumkin, lekin annotatsiya qo‘shib bo‘lmaydi. Sinxronizatsiya ba’zida 5-10 daqiqa kechikadi. Avtobusda maqola o‘qib, belgi qo‘ymoqchi bo‘lsang – asabiylashasan.
Guruh kutubxonasidagi muommo
Seminar darsida gurux ochib faylni bir joyga yigʻish kerak edi. Afsuski guruga nom yozib gurux ochishni bosganimda shunday yozuv chiqdi rasmda koʻrishiz mumkin.Yani email tasdiqlanmagan. Email ni tasdiqlash uchun kirganimda esa bu ham rasmda.
Shunday muommo keib chiqdi.
Xulosam
Zotero hali ham eng yaxshi bepul variant, lekin u “hamma narsani hal qiladi” degan vosita emas. Agar siz faqat ingliz-rus tillarida ishlasangiz va 300 MB yetarli bo‘lsa – 10/10.
Agar o‘zbek tilidagi arxivlar bilan ko‘p ishlasangiz, PDF’ga ko‘p belgi qo‘ysangiz va mobil’da ham faol bo‘lsangiz – tayyor bo‘ling, ba’zida qo‘lda ish qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Sizlarda Zoterodan qanday “asabiy” tajribalar bor? Izohlarda kutaman!!!






🙌🙌🙌
ReplyDelete