Assalomu alaykum hammaga. Men Moxt 2guruhi talabasi Dilnura Ozodova boʻlaman. Bugungi yozgan postim academia. edu sayti haqida. Ustoz aytgan paytlarida bu ham vayant tools singari qiyin va murakkab boʻlsa kerak deb oʻylagan edim😅 Aslida men oʻylaganimdek qiyin emas ekan. Ustoz bizga 3ta topshiriq berdilar va bu topshiriqlar toʻliq bajarilgach ,2ta balldan qoʻyishini aytdilar. Biz esa ishga kirishib ketdik. Bizga yuklatilgan vazifalar quyidagilardan iborat edi:
Universitetimizdan 5 ta o‘qituvchi
Chet eldan 5ta oʻqituvchi
– Guruhimizdan 10 ta kursdoshlar
ularni follow qilishimiz va ular ham bizga follow qaytarishi kerak edi. Bu vazifa tufayli xona vapshee shovqun boʻlib ketdi. Hamma har joyga yugurgan menga follow bos desa oldin sen bos degan gaplarga toʻlgan edi😆😂. Vazifani bajardim va men 2 ball qoʻlga kiritdim🥳😎. Oldin murakkab tuyulgan bu platforma hozir manga yoqib qoldi. Men oʻzimizning kursdoshimiz MOXT-1guruhi talabasi Samira Toʻlganovaning Islomgacha boʻlgan davrda turkiylarning ijtimoiy siyosiy hayotida ayollarning tutgan oʻrni haqida yozilgan maqolasini oʻqib chiqdim. Bu platformada etiborimni tortgan yana bir ilmiy tadqiqotchi bu Boris Orekhonov sahifasi boʻldi. U Milliy Tadqiqot Universiteti Oliy Iqtisodiyot Maktabining Gumanitar fanlar fakultetining oʻqituvchisi ekan 🥳.Shuningdek, u bir nechta ilmiy muassasalarda faoliyat yuritadi:
— Vinogradov Rus Tili Institutida korpus lingvistikasi va lingvistik poetika bo‘yicha postdok tadqiqotchi,
— Bashkir Davlat Universiteti Filologiya bo‘limida ham fakultet a’zosi.
Profilida uning ilmiy qiziqishlari ham keltirilgan:
• Filologiya
• Kompyuter fanlari
• Qiyosiy adabiyotshunoslik
• Rus adabiyoti
Shu oʻrinda rasmlarini ham joylashni maqul deb topdim.
Agar toʻgri tarjima qilgan boʻlsam shunday😊. Bu kishini 24mingdan ortiq kishi kuzatarkan😮. Oʻzimizning raqamli tarix ustozimiz Toʻychi Taylaqov ham shular qatorida bor.😌U yuzlab ilmiy izlanishlar olib borganligi uning faol ilmiy hayot kechirganini koʻrsatadi. Umuman olganda, Academia.edu orqali bu kabi olimlarning ilmiy faoliyati bilan tanishish men uchun juda foydali bo‘lyapti. Shu orqali dunyoning turli universitetlaridagi tadqiqotchilar bilan yaqindan tanishib, ilmiy doiram kengayib bormoqda. Academia.edu platformasidan foydalanish davomida men ilmiy ma’lumot izlash, maqolalar topish va turli olimlar faoliyati bilan tanishish anchayin qulay ekanini angladim. Va yana oʻzimizning universitet oʻqituvchilarini ham ilmiy ishlariga qiziqdim. Bular qatorida Alisher Doniyorov,Bobur Odilov ,Toʻychi Taylaqov Mirsodiq Ishoqov va boshqalar bor . Bular orasidan raqamli tarix ustozimizning ilmiy tadqiqot yoʻnalishi Isroil Falastin etnik tarixi ekanligini bilib oldim. Bu platforma manga judayam yoqdi🤭
Bu sayt haqida malumot bergan va bizni yoʻnaltirgan ustozimizga rahmat.

👍👍👍
ReplyDeleteMen bu odamga juda qizqaman va taniyman ham lekin bunaqangi m'alumotlarni bilmasdim
ReplyDeleteLekin to'g'ri aytdiz bizga Raqamli Tarix fani qo'yilmaganda bumaqangi sayt haqida ma'lumotga ega bo'lmasdik ega bo'lsakda kechroq bo'ardi
ReplyDeleteIzohga hojat yoʻq 👍 saviyangiz ancha oʻsibdi avvalgi yozgan bloglaringiz juda oddiy edi hozirgisi esa ancha creative tarzda yozilgan
ReplyDelete👍👍👍👍
ReplyDeleteOmad charchamang Dilnura👍🏻
ReplyDeleteZoʻr chiqibdi
ReplyDelete